Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
18.05.2026

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

1. Qamashi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Kushkapa filiali (0.5 stavka) Katta mutaxassis Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari: Markaz faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yo‘nalishida:
1. “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni
ta’minlaydi;
2. tadbirkorlik subyektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va
litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlaydi;
3. davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan
mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat
xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik chorasini
ko‘radi;
4. tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat
xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar
beradi;
5. DXM direktori va bo‘lim boshlig‘iga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat
xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari,
ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat
xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir
takliflarni kiritadi;
6. ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini
yuritishni tashkillashtiradi;
7. DXMda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ta’sis
hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish
tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borishni tashkillashtiradi;
8. Vazirlik hay’atining qarorlari, hududiy adliya organining yig‘ilish bayoni
qarorlari, adliya vaziri, hududiy adliya organi rahbariyatining soha
95
faoliyatiga oid buyruqlari, ko‘rsatmalari va topshiriqlarining bajarilishini
ta’minlaydi;
9. Vazirlik, hududiy adliya organi va DXM direktori tomonidan so‘ralgan
ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
10. DXM xodimlari va fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib
boradi;
11. o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida ichki mehnat tartibi
qoidalariga, odob-ahloq qoidalariga hamda kiyinish talablariga qat’iy rioya
qilish, adliya organi xodimi degan nomga dog‘ tushuruvchi xatti-harakatlar
sodir etishdan o‘zini tiyadi;
12. DXM direktori va bo‘lim boshlig‘iga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritish
bo‘yicha, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
takliflarni, shuningdek arizachining davlat xizmatlari ko‘rsatishning rad
etilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun materiallarni kiritadi;
13. ma’lumotlarning tegishli bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan
va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
14. vakolatli organlardan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha
hujjatlar hamda axborotlarni to‘lovsiz so‘rab oladi;
15. davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida, sudlarda, boshqa organlar
va tashkilotlarda DXM manfaatlarini ifodalaydi;
16. ma’lumotlarning tegishli bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va
vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
17. hududiy adliya organi rahbarining topshirig‘iga asosan boshqa xodim ish
joyida bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaradi;
18. mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga
muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Rasmiy talablar:
• oliy maʼlumotga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·   nomzodlar vacancy.argos.uz saytiorqali mavjud e’lonlar bo‘yicha xujjat topshirishlari mumkun

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod vacancy.argos.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш