Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
19.05.2026

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

1. Boshqarmaning Huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari: Markaz faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yo‘nalishida:

1. huquqiy targ‘ibot ahvolini tahlil qiladi, uni takomillashtirish bo‘yicha

takliflar ishlab chiqadi;

2. jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga, qonuniylikni

mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy bilimlarni aholi o‘rtasida targ‘ib

qilinishini tashkil etadi;

3. qonun hujjatlarini tarqatish va huquqiy targ‘ibot ahvolini tahlil qiladi, ularni

takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

4. xalq deputatlari viloyat Kengashida har yili tegishlicha boshqarmaning

huquqiy targ‘ibot ahvoli to‘g‘risidagi axborotning tayyorlanishini tashkil

etadi;

52

5. hududiy adliya organi tizimiga kiruvchi hamda boshqa idoralar bilan o‘zaro

hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘quv mashg‘ulotlari, davra

suhbatlari, seminarlar va uchrashuvlarni hamda ochiq muloqotlarni

o‘tkazishni tashkil etadi va ishtirok etadi;

6. davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish

bo‘yicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, uslubiy rahbarlik qiladi va

nazoratni amalga oshirish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazadi;

7. normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantirishda ishtirok etadi

va hududiy adliya organi kutubxonasi faoliyatini yuritilishiga rahbarlik

qiladi;

8. faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha fuqarolar va tashkilotlardan kelib tushgan

murojaatlarni ko‘rib chiqadi;

9. hududiy adliya organi va uning tizimidagi idoralarni zarur qonunchilik

materiallari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;

10. faoliyatiga oid ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

11. o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob

beradi;

12. hududiy adliya organidagi sho‘balarning targ‘ibot sohasidagi faoliyatini

muvofiqlashtiradi;

13. rahbariyat topshiriqlari, buyruqlari va huquqiy targ‘ibot sohasi bo‘yicha

ko‘rsatmalarining mas’ul ijrochilar tomonidan bajarilishini tekshiradi,

hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi;

14. faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, faoliyatiga oid

muhim masalalar haqida rahbariyatga muntazam ravishda axborot beradi;

15. huquq sohasida ta’lim ishlari uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi,

huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha

tavsiyalar ishlab chiqadi;

16. sho‘balar tomonidan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha amalga oshirilgan

17. ishlar bo‘yicha hisobotlarning o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilib, ularni

umumlashtirgan holda Vazirlikka taqdim etadi;

18. rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra, yig‘ilish va anjumanlarda qatnashadi,

ularni tashkil etish bilan bog‘liq ishlarni bajaradi;

19. tarkibiy bo‘linmalardan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha ma’lumot va hujjatlarni

belgilangan tartibda oladi;

20. huquqiy targ‘ibot ishlarining sifat darajalarini ko‘tarish, hamda faoliyatini

yaxshilash bo‘yicha hududiy adliya organi rahbariyatiga takliflar kiritadi;

21. faoliyatga oid muhim masalalar bo‘yicha tezkor majlislarda qatnashadi;

22. tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan mahallalarda jinoyatchilikni

oldini olish va har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish

yuzasidan olib borilayotgan targ‘ibot faoliyatiga oid ishlarini

tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

Rasmiy talablar:
• oliy maʼlumotga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

·   nomzodlar vacancy.argos.uz saytiorqali mavjud e’lonlar bo‘yicha xujjat topshirishlari mumkun

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod vacancy.argos.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш