Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON
1. Kitob tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i: Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari: Markaz faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yo‘nalishida:
1. YXKM faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
2. yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan
ta’minlanishini tashkil qiladi;
3. yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik
yordam ko‘rsatish va yuridik yordam ko‘rsatilishini tashkil qiladi;
4. yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy
savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish va oshirilishini tashkil qiladi;
5. yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq
va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya
qilinishini ta’minlaydi;
6. davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning
loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashadi;
7. yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ishni tashkil
qilishni “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali o‘z vaqtida amalga oshirish
va amalga oshirilishini tashkil qiladi;
8. tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan unga berilgan topshiriq
va ko‘rsatmalarni to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlaydi;
9. davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni
amalga oshirish, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
10. davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga zaruratga ko‘ra huquqiy ishlarga
taalluqli ko‘rsatmalar beradi;
11. davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga
oshirilgan ishlar haqidagi umumlashtirilgan hisobot va boshqa
ma’lumotlarni taqdim etilishida tuman (shahar) adliya bo‘limiga
ko‘maklashadi;
12. soha faoliyatiga oid yig‘ilish va anjumanlarda ishtirok etadi;
13. bosh yuriskonsult ish joyida bo‘lmaganda uning vazifasini bajaradi;
14. tuman (shahar) adliya bo‘limining ish rejalarida belgilangan tadbirlarni ijro
etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi; berish.
Rasmiy talablar:
• oliy yoki Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash kursi maʼlumotga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
· nomzodlar vacancy.argos.uz saytiorqali mavjud e’lonlar bo‘yicha xujjat topshirishlari mumkun
· Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod vacancy.argos.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
· – shaxsiy varaqasi – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
· – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
· – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
· Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
· Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.