Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
24.02.2026

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON
I. Qashqadaryo viloyati tuman adliya boshqarmasi (shahar) adliya boʻlimida boʻsh (vakant) lavozimlar:

1. Boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i
Lavozimga oid rasmiy talablar
(sho‘ba boshlig‘i)
·                    huquqshunoslik, mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlish;
·                    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
·                    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Faoliyat fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarni belgilangan muddatlarda xolisona, har tomonlama va to‘liq ko‘rib chiqish hamda qonuniy hal qilishni ta’minlaydi;

2. o‘z vazifasini bajarishda tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlar faoliyati hamda vazifalardan kelib chiqib, ularnig faoliyatini mufoviqlashtiradi hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;

3. har bir murojaat bo‘yicha o‘rganish olib boradi va fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash choralarini ko‘radi;

4. aniqlangan xar bir qonunbuzilishi va uning sabablari hamda unga ko‘maklashgan shart-sharoitlar bartaraf etilishini, buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan taqdimnomalar tayyorlaydi;

5. inson huquq va erkinliklarining buzilishida aybdor mansabdo shaxslarning muqarrar javobgarligini, fuqarolarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni bevosita mansabdor shaxslardan undirib berishni ta’minlaydi;;
Murojaat muddati:
nomzodlar 2026-yil 29-fevral kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш