Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.04.2025

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida boʻsh (vakant) lavozimlar:
1. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi yetakchi maslahatchisi
Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
(Yetakchi maslahatchi)
• korxona, tashkilot va muassasalarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganishga oid qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshirishlarda qatnashadi, zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatadi, tekshirish yakuniga ko‘ra aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, nazorat organlari va huquqni muxofaza qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma va ogohnomalar kiritadi;
• mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
•  mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish) ro‘yxatga olish va e’lon qilish jarayonlarining doimiy monitoringini olib borilishini tashkil etadi;;
• davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va o‘rganadi;;
• qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi va tegishli soha faoliyatida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi
• boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan sho‘ba boshlig‘i ish joyida bo‘lmaganda uning vazifasini bajaradi;.
adliya vazirligi rahbariyati va boshqarma boshlig‘i ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Rasmiy talablar:
• oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlish;
• davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Murojaat muddati:
·   nomzodlar 2025-yil 17-aprel kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш