Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
01.04.2025

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:
1.    Kitob tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi Varganza filiali , Hisoblash
texnikasi operatori
Lavozimga oid rasmiy talablar
(Katta mutaxassisi)
·                    oliy yoki o‘rta maxsus huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari (ayrim hollarda boshqa mutaxassislar olinishi mumkin) ma‘lumoti to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi;
·                    yashash joyidan ijobiy tavsiyanomaga ega bo‘lishi (ishga qabul qilinayotganida — oldingi ish joyidan);
                    axborot-texnologiyalari sohasini, shu jumladan Internet tarmog‘idan erkin
foydalanish bilimiga ega bo‘lishi;
                    markazda unga yuklatiladigan funksional majburiyatlarni yetarli darajada bajarish
uchun Davlat xizmatlari markazi va ular orqali ko‘rsatiladigan davlat
                    xizmatlariga oid qonunchiligi sohasida zarur bilimlarga ega bo‘lishi kerak.

·                   shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
·                   Katta mutaxassis O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Adliya vazirligi hay‘atining qarorlari, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining yig‘ilish bayoni qarorlari, Adliya vazirining hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyruqlari, ko‘rsatmalari va markaz faoliyatiga oid boshqa huquqiy hujjatlarni puxta o‘zlashtirib boradi va o‘z faoliyatini ularga asosan tashkil etadi.
Faoliyat yoʻnalishi va funksiyalari:
·                    ““yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta‘minlash;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʻtishda shaffoflikni taʼminlashda koʻmaklashish;
·                    davlat organlari va davlat xizmatlari koʻrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;
·                    tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiyalar berish;
·                    tadbirkorlik subyektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga toʻliq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bogʻlanishni taʼminlash;
·                    telefon tarmogʻining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
·                   ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reestrini yuritishni tashkillashtirish;
·                   Davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarini tomonidan ta‘sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishini ta‘minlash;
                   moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va o‘z ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlarni amalga oshirish

Murojaat muddati:
·   nomzodlar 2025-yil 11-aprel kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Рўйҳатга қайтиш