Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
17.04.2024

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

I. Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimida boʻsh (vakant) lavozimlar:
1. Mirishkor tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha bosh maslahatchisi
2. Shahrisabz tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘yicha bosh maslahatchisi







Lavozim faoliyati yoʻnalishi va vazifalari:
(bosh maslahatchisi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini taʼminlash;
boʼlim faoliyati bilan bogʼliq prognoz koʼrsatkichlarga erishish boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni soʼzsiz ijrosini taʼminlashda qatnashish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʼyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʼgʼrisida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʼz vaqtida va sifatli bajarilishi chora-tadbirlarini koʼrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʼrinbosarlari, hududiy boshqarma boshliqlarining buyruqlari hamda topshiriqlari oʼz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar bilan hamkorlik qilishda qatnashish;
boʼlim faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, boʼlimning har choraklik ish rejalarini bajarilishini taʼminlash;
Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq boʼlimda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʼrish, shuningdek huquqni qoʼllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etishda qatnashish;
oʼz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʼilishlarda shaxsiy hisobotini taqdim etish, ularning yakunlari boʼyicha zarur chora-tadbirlar koʼrish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish, aholi bilan toʼgʼridan-toʼgʼri va ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʼtkazish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʼz vaqtida va toʼlaqonli koʼrib chiqish;
davlat sirini yoki qonun bilan qoʼriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʼllash masalalari boʼyicha maslahatlar berish;
davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʼyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni taʼminlash;
qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” printsipi boʼyicha huquqiy targʼibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʼtkazish;
huquqni qoʼllash amaliyotini oʼrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʼyicha takliflarni ishlab chiqish;
inson huquqlarini himoya qilish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish;
boʼlim tomonidan kiritilgan taqdimnomalarni ijrosini oʼz vaqtida va sifatli taʼminlanishini nazorat qiladi, bu sohada amalga oshirilgan ishlarni har chorak yakunlari boʼyicha tahlil qilib, umumlashtirib boradi va rahbariyatga tegishli takliflar kiritadi;
boʼlim ish rejalarini bajarilishi yuzasidan hisobot beradi;
boʼlimga tegishli barcha hujjatlarni belgilangan tartibga rioya qilgan holda sifatli va muddatida koʼrib chiqilishini taʼminlaydi;
Аdliya vazirligi tarkibiy tuzilmalari tomonidan soʼralgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
Аdliya vazirligi rahbariyati va boshqarma boshligʼi koʼrsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Rasmiy talablar:
• yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;
• kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;
• masuliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik;
• xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni  bilish (ustuvorlik beradi).

Murojaat muddati:
·   nomzodlar 2024-yil 27-aprel kuniga qadar hujjatlarini topshirishi mumkin.

·        Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagi hujjatlarni tizimga biriktirishi lozim:
·        – shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),
·        – diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma
·        – 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;
·        – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
·        Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Manzil:
·   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (Qarshi shahri, I.Karimov koʻchasi, 55-uy). Bogʻlanish uchun telefon: 75.230-01-76.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Рўйҳатга қайтиш