Yangiliklar
Bugun “Obod va xavfsiz” mahalla tamoyili asosida Respublika idoralararo oʻqitish guruhi aʼzolari, viloyat IIB, adliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa mutassadi tashkilotlar ishtirokida Sanʼat kollejida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Har bir inson oila muhitida kamolga yetar ekan, oilaning barqarorligi, mustahkamligi va farovonligi jamiyat taraqqiyotining eng asosiy sharti ekanligini biladi. Lekin birgina e'tiborsizlik oila farovonligi uchun kamlik qilishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2 072 ta murojaatning 1 709 tasi hal etilib, shundan 906 tasi yoki 53 foizi qanoatlantirildi, 803 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 45 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 55 ta taqdimnoma kiritilgan.
Qarshi shahridagi Komilon mahallasi, Bashir koʻchasining 30-xonadonida yashovchi, 1925-yilda tugʻilgan,Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchisi Axmed bobo Djalilov xonadoniga, viloyat adliya boshqarmasining mutaxassisi Nilufar Sattorova, “Yurt tarovati” gazetasining bosh muharriri Nasiba Ibragimova hamda 40-DTM mudirasi Muhayyo Meyliyeva, metodist Zamira Amanova va mahallaning hokim yordamchisi Muzaffar Axmedovlar boboni xotira bayrami bilan qutlashgani borishdi.
Bugun Shahrisabz tumani “Qo‘shqanot” MFY 17-sonli musiqa maktabida joriy yilning 30 aprelida kuchga kirgan yangi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi.
Aksiya davomida Ko'kdala tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi 2-sonli maktab o'qituvchilari hamda bitiruvchi o'quvchilarga my.gov.uz xizmatidan foydalanishni o'rgatishdi. Shuningdek, Onlayn xizmatlar markazga tashrif buyurgan har bir fuqarolarga o'rgatilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil I va II choraklarga mo'ljallangan Ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bitiruvchi kurs o'quvchi yoshlari uchun “Mehnat bahori” yarmarkasi tashkil etildi.
Adliya tizimida ko'p yillar davomida mehnat qilgan notarius Gulnora opa Safarova hamda faxriy FHDY mudirasi Jamila G'aybullayevalarning shogirdlari ustozlarini yo'qlab borishdi.
2023-yilning 1-may kunidan respublika bo‘ylab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning uy-joyga subsidiya olish uchun murojaatlari qabul qilinmoqda. Shahrisabz shahar Davlat xizmatlari markazlarida ham mazkur xizmat ko‘rsatilmoqda.
Xabaringiz bor my.gov.uz xizmatidan foydalanishni fuqarolarga bepul oʻrgatish boʻyicha viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aksiya eʼlon qilingan edi.