Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

15
Adliya hudud

Dehqonobod tumani adliya bo'limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi,  tuman IIB rahbar xodimlari va MFY yettiligi ishtirokida “qizil” toifaga kiritilgan “Do'stlik” MFYda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda MFY fuqarolariga jinoyatlarning salbiy oqibatlari, jinoyatga jazo muqarrarligi va yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.

15
HARBIYLAR DAVLAT XIZMATLARI E'TIBORIDA

Shu kunlarda joylarda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.

Joriy yilning 12- yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Qarshi va G'uzor tumanidagi  harbiy xizmatchilarga Harbiy xizmatchilarga davlat xizmatlarini ko'rsatishda yanada qulaylik yaratish uchun MOBIL (sayyor) davlat xizmatlari ko'rsatilishi tashkil etildi. 

12
G‘UZOR TANDIR GO‘SHTI” - GEOGRAFIK KO'RSATGICH SIFATIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan joriy yilning 8-yanvar kuni “GʻUZOR TANDIR GOʻSHTI” geografik koʻrsatkich sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

11
NORMA IJODKORLIGI: AMALIYOT VA MUAMMOLAR

Qashqadaryo viloyat hokimligi va adliya boshqarmasi hamkorligida mahalliy davlat hokimiyati organlari, viloyat, tuman (shahar) tizimlarida faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar ishtirokida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyxatga olish va eʼlon qilish tartiblari boʻyicha bilim hamda malakalarini oshirish maqsadida amaliy seminar mashgʻulot tashkil etildi.

10
Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga

⚠️ Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – havola (https://lex.uz/uz/docs/3796969).
Diniy tashkilotlar uchun – havola (https://lex.uz/docs/4089832).
Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish soʻraladi.

08
QASHQADARYODA 2023 YIL DAVOMIDA 30 908 NIKOH QAYD ETILGAN

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 30 908 nikoh qayd etilgan bo'lib:

08
OTKAMARLIKLARGA SAYYOR DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILDI

Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.

06
QASHQADARYODA YIL DAVOMIDA 102 345 ta TUG'ILISH QAYD ETILDI

#SARHISOB

QASHQADARYODA YIL DAVOMIDA 102 345 ta TUG'ILISH QAYD ETILDI

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 2023 -yil davomida 102 345 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib,

53 150 tasi o‘g‘il bolalar,

49 195  tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

SHUNDAN, ENG KO'P TUG'ILISH QAYD ETILGAN HUDUDLAR:

QARSHI SHAHAR : 12 982 nafar

CHIROQCHI TUMANI:  10 101 nafar

KOSON TUMANI:  9315 nafar

04
Adolatning 100 yilligi

Adliya organlari tashkil etilganligining 100 yilligi munosabati bilan joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, OAV va boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirokida "Adolatning 100 yilligi" mavzusida davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

03
OYNING ENG YAXSHI XODIMI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining "Oyning eng yaxshi xodimi"ni aniqlash bo‘yicha komissiya qarori hamda Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Boshqarmaning Inson resurslari sho'basi boshlig‘i  Imomberdiyev To'lqin  Xoliqberdiyevich 2023-yil dekabr oyida “Oyning eng yaxshi xodimi” deb  topildi.