Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

16
"Huquq maktabi” mobil ilovasining afzalliklari

Jizzax viloyati yuridik texnikumida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan yaratilgan “Huquq maktabi” mobil ilovasini yuklab olish, foydalanish tartibi, afzalliklari yuzasidan targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Ilovada murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan va undan istalgan vaqtda hamda joyda foydalanish mumkin bo’lib, eng asosiy maqsadi aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Mazkur ilovadan yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan huquqiy o‘quv materiallari o‘rin olgan.

Mobil ilovaning muvaffaqiyatli foydalanuvchilari Adliya vazirligi va TDYU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.

14
ADLIYADA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”

Kasbi tuman adliya bo’limida otaliqqa olingan yoshlar hamda tumandagi 2-umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” тадбири tashkil etildi.

   Tadbir davomida yoshlar tizim faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, ularga huquqshunoslik kasbi, uning o‘ziga xos jihatlari, nufuzi haqida amaliy tushunchalar berildi. 

   Tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishini bevosita kuzatgan yoshlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar. Muloqotlar davomida yuridik ta’lim va kadrlar tayyorlash, adliya organlariga ishga kirish kabi masalalarda o‘zaro fikr almashdilar.

    Shuningdek, yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida adliyaning yosh xodimlari tomonidan taqdimotlar ham tashkil etildi.

14
Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q

 Joriy yilning 10-oktabr kuni Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” shiori ostida otaliqqa olingan 40 nafar yoshlarni Qamashi tumanidagi Langar ota ziyoratgohida sayohat tashkil etildi.

    Yoshlarga Hisor tog‘ tizmalari oralig‘ida joylashgan Langar ota ziyoratgohi qadimiy xonaqoh-maqbaralar sirasiga kirishi, 1520-yillarda bunyod etilganligi, o‘rta asrlar Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob namunasi bo‘lgan ushbu majmuada tasavvuf ta’limotining yirik vakillari abadiy qo‘nim topganligi haqida gapirib berildi.

14
Huquqiy bilimlar oyligi

Qarshi shahar adliya bo'limi xodimi B.Begmatov  tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 35-sonli manzil koloniyasida saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati bo'yicha tar'ibot tadbiri o`tkazildi.

  Tadbir davomida  saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ovoz berish tartibi, saylovda ishtirok etish joyi, muddatidan oldin va turgan joyida ovoz berish tartibi, chet elda yashayotgan fuqarolarning saylovda ishtirok etish tartiblari xususida tushuntirish berildi.

10
HUQUQIY TARG'IBOT KUNI

Kitob tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Xo’jailmkoni MFYda  yashovchi fuqarolar uchun "Huquqiy targ'ibot kuni" tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish, Oʻz. Res. Prezidentining PF-80-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi va turli davlat xizmatlari ko’rsatildi.

10
Ochiq eshiklar kuni

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan yoshlar adliya organlarni adliya faoliyati bilan tanishish, huquqshunoslik kasbiga mehr uyg‘otish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

    Tadbir davomida yoshlarga adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazlari va FHDY tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

    Ayniqsa, tadbir ishtirokchilarida fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatilishi axborot tizimi orqali olib borilayotganligi, bu xodim va fuqarolarga qulay va ortiqcha vaqt sarflanmasligi katta qiziqish uyg‘otdi.

10
Adliya hudud

Qarshi tuman adliya, FXDY bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘limi  xodimlari tomonidan mahallalarda O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonining ijrosini ta’minlash yuzasidan uyma-uy yurib huquqiy maslahat va ijro uchun ro’yxatga olindi.

09
Huquqiy targʻibot oyligi

 "Huquqiy targʻibot oyligi" davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

 Otaliqqa olingan va barcha yoshlarni siyosiy-huquqiy faolikka chaqirish;

 yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni;

 saylov qonunchiligiga oid targʻibot tadbirlari;

 yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg'usini oshirishga qaratilgan tadbirlar:

 "Zakovat" intellektual o'yinlari ;

 Tarixiy obidalarga sayohatlar:

 Huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid tadbirlar:

09
Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9-oktabr kuni otaliqqa olingan 3-maktabning 40-nafar o‘quvchilari Koson tumani Pudina qishlog‘ida joylashgan Hazrati Qusam ota ziyoratgohiga olib borildi.

Yoshlarga meʼmoriy yodgorlikda maqbara, masjid, ziyoratxona, 3 darvozaxona, katta-kichik bir necha maqbaralar mavjudligi va ular haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, majmua markazida joylashgan 11-12-asrlarda qurilgan va bir necha marta qayta tiklangan Qusam ota maqbarasi, uning qurilish tarixi haqida batafsil tushuntirish berildi.

09
Ochiq eshiklar kuni

 Bugun viloyat adliya boshqarmasida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari uchun adliya organlari faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga ma'lumotlar taqdim etishga qaratilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

    Bo'lajak huquqshunoslar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shaffof davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat ko'rsatishda adliya organlarining tutgan o'rni haqida to'liq tasavvurga ega bo'ldilar.

   Shuningdek, yoshlar viloyat FHDY va notarial arxiv faoliyati bilan tanishtirilib, unda saqlanayotgan hujjatlar, saqlanish tartibi xususida ham batafsil tushuntirishlar berildi.