Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

17
Биласизми ?

2023 йил 1 январдан фуқароларга юридик ёрдам кўрсатиш жараёнларини рақамлаштириш, адвокатура соҳасини судлар ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ҳамда бошқа давлат органлари фаолияти билан интеграция қилишни назарда тутувчи “Юридик ёрдам” ахборот тизими ишга туширилади.

16
ONLAYN XIZMATLAR

Kitob tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari bu safargi oʻquv seminarlarini 87 sonli maktab va 2-sonli DMTT xodimlari  bilan davom ettirishmoqda.

Seminar jarayonida Ommabop qidiruv tizimlari orqali kerakli resurslarni izlab topish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish xamda huquqiy targ'ibot kanaliga ulanishning afzalliklari borasida targ'ibot ishlari olib borildi. 

Deyarli har kuni ishda boʻlib, darslarga puxta tayyorlanish, oʻz ustida ishlash, o'quvchilar bilan qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtishdan ortib baʼzan oʻzlariga zarur davlat xizmatlarini olish uchun vaqt topa olmay qoladigan ustoz va murabbiylar uchun ham masofadan turib, onlayn xizmatlardan foydalanish haqida tushunarli va koʻrgazmali ravishda oʻtkazilgan seminar - taqdimot juda ham foydali boʻldi.

16
Алимент – онанинг эмас, боланинг пули

Оила қуриб, қонуний никоҳдан ўтиш мақсадида ариза билан мурожаат этувчиларнинг ҳар бирига албатта, оила муқаддаслиги, унинг мустаҳкамлигини таъминлаш, айниқса туғилажак фарзандлар келажаги учун масъуллик ҳақида кенг тушунчалар берилади. Афсуски, турли сабабларга кўра, оила қурган ёшларнинг ҳаммаси ҳам бир умрга бахтли бўлиб кетишолмайди. Энг ачинарлиси, кўпинча бундай ҳолатларда бир ёки бир неча фарзанди билан ота уйига қайтган оналар моддий жиҳатдан қийналишади. Ноилож, алимент масаласида судга мурожаат қилишга мажбур бўлишади. Лекин алиментчи ота томонидан ўз вақтида тўлов амалга оширилмайди ёки у ҳақиқий даромадларини яширади, ишсизлигини баҳона қилиб, алимент миқдорини камайтиришга уринади.

Гоҳо эса, келин моддий жиҳатдан бақувват бўлган оиланинг қизи бўлгани ҳолда эри томонга паст кетмаслик учун алимент олишдан воз кечади. Болани отасига кўрсатмаслик каби мақсадларда таъминоти учун бериладиган алиментни рад этади.

Хўш, бу икки ҳолатга қонун қандай қарайди?

15
Advokatura sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilinmoqda

Bizga ma’lumki, 2022-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-263-son Qarori qabul qilindi.

15
QARSHI SHAHAR DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA ID-KARTALARNI RASMIYLASHTIRISH XIZMATI ISHGA TUSHDI.

rasmiylashtirish  xizmati yo'lga qo'yildi. Ushbu xizmatni sifatli ko'rsatish uchun markazda barcha shart-sharoit yaratilgan bo'lib, zarur texnik asbob-uskunalar olib kelinib, o'rnatilgan. Muhimi, ushbu xizmatdan markaz orqali foydalanish istagida bo'lganlar onlayn tarzda YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham elektron ariza berishlari mumkin. Hujjatni rasmiylashtirish muddati - 1 kun.

15
BOG'CHA MUDIRASINING HUQUQLARI TIKLANDI

      Dilrabo Ergasheva Muborak tumanida joylashgan 1- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida mudira vazifasida ishlab kelmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotida da 9 ta guruh tarbiyalanuvchilari mavjud bo‘lib, bola sonidan kelib chiqib,Vazirlar Mahkamasining 10-sonli qarori asosida unga 1 668 125 so‘m miqdoridagi ish haqi to‘lanmay kelganligi haqida fuqaro D.Ergasheva tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.    

    

15
Kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo`lgan nikohlar eng ko`p qaysi hududda qayd etilgani ochiqlandi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo`yicha 3 695 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo`lgan.

15
AYOL HOMILADOR BOʻLSA, ER AJRIM HAQIDA ISH QOʻZGʻATA OLADIMI?

Assalomu-alaykum, agar ayol homilador boʻlsa, sud er va xotinni ajratmaydi, erni talablari eʼtiborga olinmaydi deyishyapti, shu toʻgʻrimi?

14
Adliya xabari

Qarshi davlat Universitetining bir guruh talabalari uchun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.

14
Qorabayirlik 74 yoshli otaxon birinchi marta guvohnoma oldi.

Asli Dehqonobod tumanida tug'ilgan Abdurahmon Pirmuhammadov yillar davomida hujjatsiz yashab keldi.Vaqtida olinmagan hujjat sabab pasport  olishda ham muammoga duch keldi.
    - Bolaligimda Koson tumaniga kelib shu yerda yashab qoldim.Oilam ,farzandlarim yo'qligi sabab hujjat olishda e'tiborsiz bo'ldim. Pensiya olish maqsadida qilgan murojaatimdan so'ng ma'sullar yordami bilan tug'ilganlik haqida guvohnoma oldim. 74 yoshimda rasman O'bekiston fuqarosi bo'ldim.deydi: otaxon.