Yangiliklar
G‘uzor tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan ota-onasining e’tiborsizligi sabab tug‘ilishi qayd qilinmagan uch nafar fuqaroga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi.
Ayni damda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan Xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari va umumta’lim maktablarining xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali “Konstitutsiyaviy islohotlar davom etmoqda” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Biroz muddat ilgari boshlangan ommaviy sayyor qabulda Chiroqchi, Ko'kdala, Qamashi va Yakkabog' tumanlari aholisining muammo va takliflariga quloq tutilmoqda.
Mazkur savolga Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani FHDY bo’limi 1-toifali inspektori Nargiza Azamatova javob beradi:
Seminar jarayonida Ommabop qidiruv tizimlari orqali kerakli resurslarni izlab topish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish xamda huquqiy targ'ibot kanaliga ulanishning afzalliklari borasida targ'ibot ishlari olib borildi.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida “Notarius xizmatidan foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish hamda mazkur xizmatlardan foydalanishda ortiqcha muammolarga mas'ul tashkilot vakillari bilan birgalikda barxam berish” mavzusida Qashdqarayo viloyati Ma'muriy va Qarshi tumanlararo Ma'muriy sudlari sudyalari, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va viloyat Qurilish boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar va ularning xodimlari ishtirokida navbatdagi o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Adliya boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o'rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ham fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tinglamoqda.
Marafondan so'ng tadbir bir piyola choy ustida davom etdi. Viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va xodimlari mazkur tadbirni a'lo darajada o'tishi uchun bor imkoniyatlarini sarfladilar. Birgalashib mana shunday ijobiy va hayrli natijaga erishildi. Barchaning kayfiyati a'lo. Sport-tinchlik, do'stlik elchisi deb bekorga aytilmagan. Marafon ishtirokchilariga yozilgan dasturxon atrofida bo'lib o'tgan raqs, o'yin-kulgu ular kayfiyatiga yanada ko'tarinkilik baxsh etdi.
Shu yilning 26-iyun kuni Respublikamizning 8 ta shahrida Yoshlar kuniga bag'ishlab bir vaqtning o'zida yugurish bo'yicha ommaviy marafon bo'lib o'tdi. Qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrida ham aynan "Yangi nafas" shiori ostida ommaviy yugurish marafoniga Ko'kgumbaz obidasi oldidan start berildi.