Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan U M U M L A SH T I R I SH
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya
boʻlimlari tomonidan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan
U M U M L A SH T I R I SH
2026-yil 12-yanvar Qarshi shahri
Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.
Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga
2025-yil davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 6 823 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 533 tasi yozma, 8 tasi elektron, 1 823 tasi ogʻzaki, 1 365 tasi veb-sayt orqali, 3 094 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning
943 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar
12 923 taga (19 746 ta) yoki 65.4 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida O‘RPning 2024 yil 24 maydagi PF-80-son Farmoniga asosan 2024 yilda huquqiy muammolar aniqlanib, ro‘yxatga olinib, hal qilinishi natijasida ko‘plab murojaatlar qabul qilingan, 2025 yilga kelib mazkur muammolar alohida platformalar orqali ko‘rib chiqilishi natijasida kamayganligini koʻrsatishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami 6 823 ta murojaatlarning 3 120 tasi boshqarmaga,
3 703 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Boshqarma faoliyati boʻyicha:
Boshqarmaga kelib tushgan 3 120 ta (84 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 943 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 34 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 1 049 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib,
2 159 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 232 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 61 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 28 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 62 tasi koʻrib chiqilmoqda.
Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 527 taga (3 647 ta) yoki 14.5 foizga ko‘payganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami murojaatlarining 1 270 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 875 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 370 tasi notariat va advokaturaga oid, 178 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 116 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 97 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, 93 tasi inson resurslari sohasiga oid, 67 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid, 43 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hamda 11 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.
Boshqarmaga 2025-yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 891 tasi shikoyat va 2 229 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.
Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 328 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 113 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 44 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 23 tasi soliqqa oid, 21 tasi yuridik xizmatga oid, 20 tasi notariatga doir, 18 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan, 13 tasi uy-joyga doir, 11 tasi nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 7 tasi bank faoliyati oid, 5 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 3 120 ta murojaatlarning 2 821 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 951 tasi yoki 29.7 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 33.7 foizi) qanoatlantirilgan, 1 870 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 42 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 29 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 293 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 28 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 62 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 84 ta ariza-shikoyat, shundan 34 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 31 ta 1 mlrd. 741 mln. 229 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 62 ta taqdimnoma, 19 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif hamda 16 ta boshqa turdagi ta’sir choralari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 ta hujjat bekor qilingan, 16 nafar shaxs maʼmuriy va 8 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 1 mlrd. 771 mln. 288 ming soʻmlik mablagʻ undirilishi belgilangan.
Misol uchun, fuqaro G.To‘lanovaning bola parvarishlash ta’tilidan ishga qaytishga ruxsat etilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib ko‘rildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqaro manfaatini ko‘zlab, Qarshi shahridagi
11-son maktabga nisbatan FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgarga ish bilan ta’minlash majburiyati yuklatilib, murojaat qanoatlantirildi.
Fuqaro N.Karimovaning homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, fuqaro manfaatini ko‘zlab, viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga nisbatan FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullarini hisob-kitob qilib, to‘lab berish majburiyati yuklatilib, murojaat qanoatlantirildi.
Fuqaro Z.Salimovaning ish haqi kechiktirilgan kun uchun kompensatsiya pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, fuqaroning manfaatini ko‘zlab, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga nisbatan FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar hisobidan fuqaro foydasiga
9,5 mln. so‘m kompensatsiya pullari undirish belgilanib, murojaat qanoatlantirildi.
Fuqaro B.Qanoatovning mehnat shartnomasi bekor qilinganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilib, avvalgi ish joyga tiklash haqida taqdimnoma kiritilgan.
Natijasiga ko‘ra, buyruq bekor qilinib, fuqaro B.Qanoatov Kasbi tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i lavozimiga qayta tilanib, murojaati qanoatlantirildi.
Xuddi shuningdek, fuqaro O.Tuflievning ushbu mazmundagi murojaati bo‘yicha ham taqdimnoma kiritilib, Yakkabog‘ tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i lavozimiga qayta tilanib, murojaati qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 75 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 57 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 34 ta, jami 166 ta murojaatlar qabul qilingan.
Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 109 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 57 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.
Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 137 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 12 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 10 tasi notariat va advokaturaga oid, 6 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 1 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 96 tasi qanoatlantirilgan, 70 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 3 094 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 2 100 tasi qanoatlantirildi, 912 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi rad etilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 79 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.
Boshqarma tomonidan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:
Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2025-yil davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 3 703 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 2 576 tasi shikoyat, qolgan 1 127 tasi ariza shaklida hisoblanadi.
Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda, 12 396 taga (16 099 ta) yoki 77 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan 3 703 ta (oʻtgan yildan 820 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 4 223 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 3 319 tasi qanoatlantirilgan yoki 73.4 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 78.6 foizi) qanoatlantirilgan, 904 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 15 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 259 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 26 tasi qoldiq boʻlib qolgan.
Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:
Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Koson tumaniga 399 ta, Shahrisabz shahriga 357 ta, Shahrisabz tumaniga 298 ta, G‘uzor tumaniga 283 ta, Dehqonobod tumaniga
262 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Muborak tumaniga 184 ta, Nishon tumaniga 145 ta, Chiroqchi tumaniga 133 ta, Qarsh tumaniga 128 ta, Ko‘kdala tumaniga 80 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 371 ta taqdimnoma, 194 ta 8 mlrd. 446 mln. 131 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 7 ta maʼmuriy kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra, 2 nafar shaxsga intizomiy va 4 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 149 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 22 mlrd.
597 mln. 180 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.
Adliya boʻlimlari tomonidan 2025-yil davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 515 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.
Shuningdek, 1 102 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 74 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 1 691 ta).
Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 1 763 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 28 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 1 312 tasi qanoatlantirilgan,
435 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 10 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 68 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 15 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 49 ta murojaatlar o‘tgan).
Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar
1 233 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 213 tasi taʼlimga doir, 137 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 70 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 54 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 46 tasi kommunal toʻlovlar bo‘yicha, 23 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:
1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “smartoffice.adliya.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;
2. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash;
3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida uyma-uy yurib, huquqiy muammolarni aniqlash, aniqlangan huquqiy muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida har oyda belgilab olingan bittadan mahallada huquqiy muammolarni aniqlab, tahlil qilib, bartaraf etish choralarini ko‘rish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishni yanada jonlantirish.
5. Viloyatimizdagi barcha mahallalarni qamrab olgan holda sayyor qabullar sonini yanada oshirish choralarini ko‘rish.
Rejalashtirish va
nazorat-tahlil sho‘basi