Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 4-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 4-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2025-yilning 4-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 224 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 175 ta yoki 78,2 foizi qanoatlantirilgan, 69 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2025-yilning 4-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 38 ta MFYlar qamrab olingan holda
18 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining “Kasbi tumani bo‘yicha 2025-yil 1-apreldan 2025-yil 1-oktabrga qadar vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida”gi “Kasbi tumani bo‘yicha 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-martga qadar novegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Kasbi tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3 ta, Kasbi tuman hokimining “Kasbi tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumta’lim muassasalarining mikrohududlarini belgilash to‘g‘risida”gi, “Kasbi tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini
2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi 2 ta normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo’lib, huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o’tkazilgan 4 ta monitoringda jami 10 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 5 ta taqdimnoma kiritildi va 3 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri davomida jami 62 ta tashkilotlarda 11 ta o‘rganish va 32 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 996 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri davomida jami 77 ta ta’sir choralari ko’llanilgan bo’lib, shundan, 20 ta ma’muriy, 8 ta da’vo ariza, 49 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 20 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri davomida jami 2694 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 169 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali 1216 ta chiqishlar, 1095 tasi og’zaki, 214 tasi yozma va ko’rgazmali huquqiy targ’ibot, 1095 tasi manzilli targ’ibot va 506 tasi uyma-uy borib o’tkazilgan targ’ibot tadbirlaridan iboratdir.
Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri davomida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 13 ta takliflar berildi.
Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.
Kasbi tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i A.Zoyirov