Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlari.
116 ta murojaat kelib tushgan, shundan 82 ta murojaatlar hal etilgan.
5 ta sohada o‘rganish hamda 7 ta monitoring tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlar natijasida jami 1296 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlangan.
84 ta taqdimnoma, 7 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan, sudga 1 ta noqonuniy hujjatni bekor qilish bo‘yicha da’vo arizalari kiritildi.
Ta’sir choralar natijasida 13 nafar shaxslar intizomiy, 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 121 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan.
1 ta da’vo ariza sud tomonidan qanoatlantirilib 1 ta noqonuniy qaror bekor qilingan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 30 ta normativ tusdagi hamda 283 ta yer munosabatlariga oid qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi ta’minlandi.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va
metodik ta’minlash sho‘basi