Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.01.2026

Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil
davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami
600 tani tashkil etib, shundan 429 ta yuridik shaxs maqomiga ega, 171 ta esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 189 ta, shundan 187 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.

Sho‘baga ushbu davr mobaynida 304 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 134 tasi nazoratga olingan, 168 ta ma’lumot sifatida qabul qilingan. 20 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. Nazoratga olingan xat va hujjatlarning 135 ta o‘z vaqtida ijro etilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari shu’basi tomonidan 9 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, 21 ta ariza rad etilgan, 34 ta nodavlat notijorat tashkilotlari esa qayta davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 4 ta ariza rad etilgan.

Hisobot davri davomida bo‘limga 46 ta murojaat (30 ta ariza, 16 ta shikoyat) kelib tushgan bo‘lib, shulardan 13 tasi qanoatlantirilgan, 29 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Sho‘ba tomonidan jami 74 ta taqdimnoma, kiritildi va natijada 70 ta shaxsga intizomiy javobgarlikka, 4 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma kiritilgan. Natijada 4 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, 654 ta ogohnomalar kiritilishi ta’minlandi.

Bo‘lim tomonidan 25 marotaba tuman (shahar)lar miqyosida nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillarini sayyor qabuli tashkil etilgan. Sayyor qabullarda ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, tashkilotlarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilgan.

Sho‘ba tomonidan ushbu davr mobaynida jami 200 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 17 marotaba televideniyeda, 14 marotaba radioda,
9 marotaba gazetada, 56 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 94 marotaba og‘zaki targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan bo‘lib, shundan 35 marotaba ma’ruza, 10 marotaba davra suhbati hamda 9 marotaba seminar va 40 marotaba uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi.

 

 


Рўйҳатга қайтиш