Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar...
Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shoʻba tomonidan 2025-yil davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 544 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.
Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 370 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 52 ta murojaat qanoatlantirilgan, 289 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 9 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 17 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 3 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.
Hisobot davrida viloyatda jami 63 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 23 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 7 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini (4 nafar notarius letsinziyasi 1 oydan 6 oy muddatgacha to‘xtatilgan) topgan.
Shuningdek, shoʻba tomonidan 2025-yil davomida notarial idoralarda 63 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 19 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kundan 1 oyga qadar toʻxtatildi.
Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 21 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 21 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatildi.
Huquqiy targʻibot sohasida 2025-yil davomida 206 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan
25 tasi radio va televideniya, 28 ta gazeta, 153 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 110 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 3 778 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shoʻba tomonidan 2025-yil mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 31-dekabr kuniga qadar jami 568 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berilgan boʻlib, shundan 2025-yilning 31-dekabr holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 371 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
23 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 166 tani tashkil qiladi.
Shu jumladan, 2025-yil davomida berilgan litsenziyalar soni
59 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 23 tani tashkil qiladi.
2025-yil davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 306 tani, shundan advokatlik byurolari 287 tani, advokatlik firmalari 15 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 32 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
66 tani tashkil qilgan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 31 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2025-yil davomida jami 14 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami
194 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.
Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 194 ta masaladan 12 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 169 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 13 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.
Shu bilan birga, 2025-yil davomida talabgorlarga berilgan
59 ta litsenziyalar uchun jami 23.124.000 soʻm davlat boji, 59 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 11.562.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.