Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.01.2026

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T

1. Kelib tushgan xat-hujjatlar va topshiriqlar bo‘yicha.

Sho‘ba ish yurituviga 2025-yil davomida jami 127 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 44 tasi Adliya vazirligidan 83 tasi boshqa tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

 

2. Ariza shikoyatlar va “Ishonch telefoni” bo‘yicha.

Bo‘limga 178 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 109 tasi “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarga to‘g‘ri keladi.

178 ta murojaatdan 178 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 70 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 105 tasiga huquqiy tushuntirish 3 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

 

3. O‘tkazilgan nazorat tadbirlari, shuningdek aniqlangan qonun buzilishi holatlarining tashkilotlar kesimi bo‘yicha.

Sho‘ba tomonidan 2025-yil davomida 7 ta o‘rganish jami 15 ta tashkilotda va
48 ta monitorning o‘tkazildi. (jami 55 ta o‘rganish va monitoringlar o‘tkazildi)

Ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 14 284 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan ushbu qonun buzilishlarning 8491 tasi muddat buzilish,
5526 tasi asossiz rad etilgan arizalar hisoblanadi

Qonun buzilishi holatlarini tashkilotlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak:

Qurilish va arxitektura idoralarida – 3 201 ta;

Yer resurslari va davlat kadastrida – 1 391 ta;

Hududiy elektr tarmoqlari AJ – 548 ta;

Hududgaztaʼminot AJ – 3 263 ta;

Oʻzsuvtaʼminot AJ – 218 ta;

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi – 59 ta;

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi – 768 ta;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 354 ta;

Boshqa vakolatli idoralar sohasida - 2498 ta;

 

4. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari to‘g‘risida.

Hisobot davrida 29 ta ogohnoma, 19 ta taqdimnoma va vakolatli tashkilotlarning 347 ta nafar rahbar va ma’sul xodimlarga nisbatan MJTKning
2155-moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar ramiylashtirilib javobgarlik masalasi hal etildi.

Kiritilgan taqdimnomalarning tashkilotlar kesimi bo‘yicha:

Yer resurslari va davlat kadastri idoralariga -15 ta;

Qurilish va arxitektura idoralariga - 2 ta;

Sog‘liqni saqlash muassasalariga - 2 ta;

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritilgan.

Shuningdek, sho‘ba mas’ul xodimlari tomonidan 2025-yil davomida 46 nafar ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bilan suxbat bayoni tuzildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Qashqalaryo viloyat boshqarmasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali, Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Qashqadaryo” GTF va tuman (shahar) bo‘limlarida
48 marotaba sirli mijoz tadbirlari o‘tkazildi.


Рўйҳатга қайтиш