Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.01.2026

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2025-yil davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

MA’LUMOTNOMA

 

30.12.2025-yil                                                                                 Qarshi shahar

 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2025-yil davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 89 nafar shaxslarga uslubiy ko‘maklashilib, ularga mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar buzilishining oldini olish maqsadida ommaviy joylarda 250 dan ziyod profilaktika tadbirlar o‘tkazildi.

Savdo maskanlarida aniqlangan kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha sohalar kesimida tayyorlangan 383 donadan ziyod kontrafakt mahsulotlar katalogi, yirik savdo markazlari va savdo nuqtalari hamda keng jamoatchilikka yetkazildi.

Boshqarma tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida kelib tushgan 67 ta murojaatlar o‘rganilib, 52 ta tadbirkorlik subyektlariga tekshirishlar o‘tkazildi, shuningdek aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 18 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilishi natijasida jarima jazolari qo‘llanilgan, 37 ta taqdimnomalar hamda 26 ogohnomalar kabi ta’sir choralari kiritilishi hamda sudlarda ishtirok etilishi natijasida 230 ta intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi ta’minlandi.

Kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha vakolatli organlar bilan 22 ta tadbirlar o‘tkazildi hamda 85 ta savdo obyektlari kontrafaktsiz hudud deb etirof etilishi ta’minlandi.

Hududlardagi istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash va ro‘yxatdan o‘tkazishda mahalliy hokimliklarga amaliy yordamlar ko‘rsatilishi natijasida “Chiyal yaxna go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlandi.

Joriy yilda belgilangan tartibda o‘tkazilgan nazorat xaridlari davomida 21 ta kontrafakt mahsulotlar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.

Intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini uyg‘otish maqsadida doimiy ravishda sanoat zonalari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolarga tarqatma materiallar tarqatilib, ushbu materiallarni viloyat adliya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi, OTMlari va boshqa tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlari hamda OAVda joylashtirib borish va keng jamoatchilikka yetkazish ishlari amalga oshirib borilmoqda.

Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan 101 ta turli ko‘rinishdagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 9 tasi televideniya, 3 tasi radio, 2 tasi gazeta, 69 tasi veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari, 14 ta seminar, ma’ro‘za va davra suhbatlari tarzidagi og‘zaki huquqiy targ‘ibot, 4 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tarzida amalga oshirilgan.

 

 

Intellektual mulk huquqlarini

himoya qilish sho‘basi boshlig‘i I.Sharapov


Рўйҳатга қайтиш