Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.01.2026

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyati FHDY bo‘limlari tomonidan 2025-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

2025-yilning 12 oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 98 969 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 51 680 tasi o‘g‘il bolalar, 47 289 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

Shuningdek, tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 682 ta, sud qarorlari asosida tug ‘ilishni qayd etish 14 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish holatlari 2 ta, o‘lik tug‘ilish holatlari 809 ta, perinatal o‘lim holatlari 93 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 1 943 tani tashkil etadi.

Shuningdek, 4 633 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 27 ta, farzandlikka olish 262 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 28 906 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 18 tasi chet elliklar bilan, 22 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etildi.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan jami 3 318 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan.

O‘tgan yil davomida 15 812 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bir yoshgacha o‘lganlar 1 865 ta, muddatini o‘tkazib o‘limi qayd etilganlar 1 262 ta, sud qarori bilan 19 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 54 ta, fuqarolarning familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirishlar soni 239 tani tashkil etdi.

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ariza asosida 2057 ta, sud qarori asosida 34 tadan iborat.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 1 158 ta tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar onlayn berilgan arizalar asosida rasmiylashtirildi va tegishli manzillarga yetkazildi.

 

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari

faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi


Рўйҳатга қайтиш