Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 4-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 4-choragi mobaynida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda boshqa sohalarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 1 ta hamda Shahar hokimining
1 ta normativ tusdagi qarorlari loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 4 marta o‘rganish hamda 3 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 16 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 403 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 16 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 151 936 000 so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 113 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
Shuningdek, adliya bo‘limiga 2025-yilning 4-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 67 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 61 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 ta murojaat taaluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborildi hamda 4 ta murojaat ish jarayonida.
Bo‘lim tomonidan Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 1 ta 188 016 000 so‘mlik da’vo arizalari kiritilib qanoatlantirildi.
Bundan tashqari 2 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib ma’muriy javobgarlik masalalari hal etildi.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 2025-yilning 4-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami
495 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 38 tasi OAV orqali, 271 tasi og‘zaki, 165 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 292 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 250 marotaba, ta’lim muassasalarida
11 marotaba, mehnat jamoalarida 10 marotaba o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.