Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.01.2026

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 12 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 12 oylik davrida Chiroqchi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda I, II, III, IV chorakda Chiroqchi tuman hokimi va Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 7 ta normativ tusdagi shundan 3 ta tuman hokimining qarori loyihasi hamda 4 ta Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib tegishli tartibda xulosalar berildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 10 marta o‘rganish hamda 13 marotaba monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 38 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 783 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 66 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 3 mlrd 300 ming so‘mdan ortiq miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 3 ta hujjat qonunlarga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlanib bekor qilingan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan bevosita, elektron ( https://cabinetpm2.gov.uz, ishonch telifonlari orqali) jami 148 ta, onlayn platformalar orqali 1000 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 950 ga yaqin murojaatlar hal etilgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudiga fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ish haqi va ustamalarni undirish yuzasidan 7 ta murojaat kiritilib, ulardan 3 tasi hozirda ko‘rib chiqish jarayonida turibdi. 22 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025-yilning o‘tgan davrida bo‘lim tomonidan jami 2084 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 226 tasi OAV orqali, 1044 tasi og‘zaki, 1215 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan, targ‘ibotlar jarayonida jami 1096 dan ortiq turli mazmundagi ko‘rgazmali tarqatma materiallar tarqatilib, ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 359 marotaba, ta’lim muassasalarida 228 marotaba, mehnat jamoalarida 169 marotaba va boshqa joylarda 288 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-mayda qabul qilingan PF-80 son Farmonida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan reja grafik asosida “Huquqiy mahalla konsepsiyasi” doirasida tumandagi 12 ta MFY qamrab olinib, “Huquqiy ko‘mak” aksiyalari va “Adliya kuni”, “Huquqiy targ‘ibot kuni” tabirlari manzilli dastur bo‘yicha o‘tkazib kelindi.

Mazkur farmonda tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalardan uymauy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 1550 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari o‘rganilib hal etish choralari ko‘rildi.

Aniqlangan huquqiy muammolardan tahlil qilinganda, ularning aksariyat qismi nikohni, ajrimni, o‘limni qayd etish, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, ish haqi va mehnat munosabatlari masalasida, subsidiya olish va ijtimoiy nafaqalar olish masalasidagi murojaatlar bo‘lsa, ayrimlari meros ishi masalasida, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironlikni belgilash, aliment va soliq imtiyozlarini qo‘llanilishi va turli imtiyozlar masalasidagi muammolarni tashkil etgan.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan tumanda “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqarolarga tizimli ravishda huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.

Ushbu haqida sizga axborot tariqasida bildirilmoqda

 

Chiroqchi tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                         X.Yarbozorov


Рўйҳатга қайтиш