Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.01.2026

Kitob tuman adliya bo‘limining 2025 yil davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2025 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 255 ta murojaatlarning 241 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 192 ta yoki 75 foizi qanoatlantirilgan, 49 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 48 tasi joyiga chiqib o‘rganilgan).

 

O‘tkazilgan sayyor qabullar

 

Bo‘lim tomonidan 2025 yil davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 35 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 426 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 28 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 22 tasi qanoatlantirilgan va 6 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
9 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
9 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

 

     O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 11 ta o‘rganish va 64 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 75 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2168 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 55 ta taqdimnoma,
190 ta ogohnoma, 12 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

 

                                     Natijada

 

- 12 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 2 742 429,0 so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

 

- 51 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

 

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025 yil davomida jami 1637 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 288 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 1171 tasi og‘zaki, 178 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 1171 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Kitob tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                  A.Xoliyarov

                                                                                             

 


Рўйҳатга қайтиш