2025-yilning 9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya
boʻlimlari tomonidan 2025-yilning 9-oyi yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan
U M U M L A SH T I R I SH
2025-yil 10-oktabr Qarshi shahri
Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2025-yilning 9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.
Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga
2025-yilning 9-oyi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 5 229 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 492 tasi yozma, 6 tasi elektron, 1 464 tasi ogʻzaki, 1 178 tasi veb-sayt orqali, 2 089 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning
609 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar 431 taga (8 684 ta) yoki 39.8 foizga kamaygan boʻlib, kamayganligining asosiy sababi sifatida murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilib berilayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami 5 229 ta murojaatlarning 2 399 tasi boshqarmaga,
2 830 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Boshqarma faoliyati boʻyicha:
Boshqarmaga kelib tushgan 2 399 ta (84 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 609 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 34 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 735 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib,
2 159 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 164 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 53 tasi adliya boʻlimlariga yuborilgan, 24 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 83 tasi koʻrib chiqilmoqda.
Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 36 taga (2 435 ta) yoki 1.5 foizga ko‘payganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan jami murojaatlarining 971 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 664 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid, 267 tasi notariat va advokaturaga oid, 145 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 89 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 86 tasi inson resurslari sohasiga oid, 77 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, 49 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid, 42 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hamda 9 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.
Boshqarmaga 2025-yilning 9-oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 674 tasi shikoyat va 1 725 tasi ariza shaklidagi murojaat turlari hisoblanadi.
Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 233 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 88 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 35 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 19 tadan soliq va yuridik xizmatga oid, 16 tadan notariatga doir hamda nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 14 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan, 8 tasi uy-joyga doir, 5 tadan bank faoliyati va yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida kelib tushgan 2 399 ta murojaatlarning 2 159 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 721 tasi yoki 29 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 30.1 foizi) qanoatlantirilgan, 1 438 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 35 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 27 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 217 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 24 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 83 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 84 ta ariza-shikoyat, shundan 34 tasi “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 28 ta 1 mlrd. 665 mln. 876 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 49 ta taqdimnoma, 13 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif hamda 11 ta boshqa turdagi ta’sir choralari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 2 ta hujjat bekor qilingan, 11 nafar shaxs maʼmuriy va 5 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 1 mlrd. 761 mln. 751 ming soʻmlik mablagʻ undirilishi belgilangan.
Misol uchun, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro Sh.Bobomurotovaning homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullari to‘lab berilmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib ko‘rilib, Qarshi shahar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif eshitadigan bolalar uchun 17-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Sh.Bobomurotovaning 20,3 mln. so‘mlik homiladorlik va tug‘ish ta’tili pullarini to‘lab berish haqida taqdimnoma kiritilgan va taqdimnoma natijasida ta’til pullari to‘lab berilgan.
Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filiali xodimi D.Xakimovaning ustama pullari to‘lanmayotganligidan noroziligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib ko‘rilib, filialga fuqaro D.Xakimovaning 4,3 mln. so‘mlik ustama pullarini to‘lab berish haqida taqdimnoma kiritilgan va taqdimnoma natijasida ustama pullari to‘lab berilgan.
Qarshi tumanida yashovchi fuqaro S.Gulov majburiy tartibda ishsiz yurgan davr uchun ish haqi va ma’naviy zararni undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, fuqaro manfaatini ko‘zlab FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hisobidan S.Gulov foydasiga 113,9 mln. so‘mlik ish haqi va ma’naviy zarar undirish belgilangan va murojaat qanoatlantirildi.
Nishon tumanida yashovchi fuqaro M.Xudoyorov yakuniy hisob-kitob pullarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, fuqaro manfaatini ko‘zlab FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Nishon tuman tibbiyot birlashmasi hisobidan M.Xudoyorov foydasiga 67,4 mln. so‘mlik yakuniy hisob-kitob pullarini undirish belgilangan va murojaat qanoatlantirildi.
Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X.Jamuradov ustama pullarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganib ko‘rilib, fuqaro manfaatini ko‘zlab FIB Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar viloyat ekologiya, atrof-muxitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hisobidan X.Jamuradov foydasiga 13 mln. so‘mlik ustama pullarini undirish belgilangan va murojaat qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 53 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 48 ta, boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan 25 ta, jami 126 ta murojaatlar qabul qilingan.
Boshqarma rahbariyati va xodimlar tomonidan 78 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 48 tasi sayyor qabulda qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.
Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 105 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 9 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 4 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, 7 tasi notariat va advokaturaga oid, 1 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 66 tasi qanoatlantirilgan, 59 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi qoldiq bo‘lib ish yurituvda turibdi.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 2 089 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 1 052 tasi qanoatlantirildi, 957 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi rad etilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 77 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.
Boshqarma tomonidan 2025-yilning 9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:
Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2025-yilning 9-oyi davomida davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami 2 830 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 1 951 tasi shikoyat, qolgan
879 tasi ariza shaklida hisoblanadi.
Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda, 3 419 taga (6 249 ta) yoki 54.7 foizga kamayganligini koʻrishimiz mumkin.
Kelib tushgan 2 830 ta (oʻtgan yildan 820 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 3 353 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 2 657 tasi qanoatlantirilgan yoki 72.8 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 79.2 foizi) qanoatlantirilgan, 696 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 10 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 184 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 103 tasi qoldiq boʻlib qolgan.
Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:
Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Koson tumaniga 315 ta, Shahrisabz shahriga 290 ta, Dehqonobod tumaniga 215 ta, Shahrisabz tumaniga 208 ta, Yakkabog‘ tumaniga 207 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Muborak tumaniga 130 ta, Nishon tumaniga 119 ta, Qarsh tumaniga 115 ta, Chiroqchi tumaniga 97 ta, Ko‘kdala tumaniga 66 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.
Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 295 ta taqdimnoma, 105 ta 6 mlrd. 693 mln. 614 ming soʻmlik daʼvo arizasi, 6 ta maʼmuriy kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra, 2 nafar shaxsga intizomiy va 3 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 30 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 15 mlrd.
354 mln. 117 ming soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.
Adliya boʻlimlari tomonidan 2025-yilning 9-oyi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 365 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.
Shuningdek, 940 ta murojaat bevosita adliya bo‘limi boshliqlari va xodimlari tomonidan maʼmuriy binoda hamda 58 tasi Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul qilingan (jami 1 363 ta).
Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 1 339 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid va 24 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 992 tasi qanoatlantirilgan, 333 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 42 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan, 38 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib turibdi (o‘tgan yildan 49 ta murojaatlar o‘tgan).
Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar
927 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 152 tasi taʼlimga doir, 113 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 62 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 41 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 36 tasi kommunal toʻlovlar bo‘yicha, 17 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2025-yilning
9-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:
1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosi (oraliq va yakuniy javob xatlari)ni “smartoffice.adliya.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;
2. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;
3. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash;
4. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida uyma-uy yurib, huquqiy muammolarni aniqlash, aniqlangan huquqiy muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan holda murojaatlarni qabul qilish.
Rejalashtirish va
nazorat-tahlil sho‘basi