Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2025

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidanQashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

M A ’ L U M O T

 

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

Joriy yilning 9 oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 73 992 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 38 684 tasi o‘g‘il bolalar, 35 309 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

Shuningdek, tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 547 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish holati mavjud emas, o‘lik tug‘ilgan 582 ta, perinatal o‘lim holatlari 82 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 696 tani tashkil etadi.

Shuningdek, 3 445 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 24 ta, farzandlikka olish 196 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 17 714 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 11 tasi chet elliklar bilan, 18 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etildi.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan jami 2 451 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan.

Joriy yilning 9 oyi davomida 11 735 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bir yoshgacha o‘lganlar 1 402 ta, muddatini o‘tkazib o‘limi qayd etilganlar 992 ta, sud qarori bilan 14 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 48 ta, fuqarolarning familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirishlar soni 155 tani tashkil etadi.

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ariza asosida 155 ta, sud qarori asosida 24 tadan iborat.

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 748 ta tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar onlayn berilgan arizalar asosida rasmiylashtirildi va tegishli manzillarga yetkazildi.

 

Viloyat adliya boshqarmasi

sho‘ba boshlig‘i                                                                Sh.Xalilov

 


Рўйҳатга қайтиш