O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi tomonidan 2025 yilning 3-choragi holatida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida viloyat hokimligida 2025-yil 3-oktabr holatida jami 1 601 ta qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari mavjud bo‘lib, shundan topshiriqlar soni 14 981 tani, bajarilgan topshiriqlar 11 998 tani (shundan muddatidan kech bajarilgan topshiriqlar soni esa 3 509 ta yoki 29,2 foizni tashkil etmoqda), ish jarayonida turganlari 2 825 tani va muddati o‘tgan topshiriqlar soni 61 tani (asosiy va teng kuchli ijrochi sifatida) tashkil qilmoqda.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mavjud muddati o‘tgan
61 ta topshiriqlarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish ishlari davom etib kelmoqda.
Bo‘lim tashabbusi bilan amalga oshirilgan ishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida
2024-yil 12-fevral kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor
yig‘ilishining 8 – sonli Bayoni 16.1-bandida belgilangan topshiriq ijrosi ta’minlanmaganligi bo‘yicha “Amu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi
O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarori ilovasi 9.2-bandida belgilangan topshiriq ijrosi ta’minlanmaganligi bo‘yicha viloyat viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 28-noyabr kuni meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 51-sonli topshiriqlar bayonining 7.4-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi ta’minlanmaganligi bo‘yicha viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga taqdimnoma kiritildi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi
“Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi F–18-son farmoyishi 4-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi ta’minlanmaganligi sababli viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi
“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmoni 3-ilovasi 4.2-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi ta’minlanmaganligi sababli viloyat Turizm boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 7- noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 48-sonli topshiriqlar bayoni 12.b-bandi ijrosi ta’minlanmaganligi sababli Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 1-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi monitoring qilinib, aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha bank muassasalari, viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga jami 8 ta taqdimnoma kiritildi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-144-son qarori bilan joriy etilgan “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi orqali o‘tkazilgan monitoringlar natijasida G‘uzor, Mirishkor va Ko‘kdala tuman hokimliklariga 3 ta taqdimnoma kiritildi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qarorining1.4-bandida belgilangan topshiriq ijrosi ta’minlanmaganligi sababli viloyat sport boshqarmasiga Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga 1 ta taqdimnoma kiritildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida 14 ta tashkilotlarda 5 ta o‘rganishlar hamda topshiriqlar ijrosi bo‘yicha 390 ta monitoringlar o‘tkazilib, mas’ul ijrochilarga topshiriqlarni bajarishda amaliy, huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi F–18-son Farmoyishi ijrosi;
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–296-son qarorlari ijrosi o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarida belgilangan ayrim topshiriqlar ijrosi bajarilmaganligi aniqlanib, mas’ul tashkilotlarga 18 ta taqdimnomalar kiritildi.
Jami 18 ta kiritilgan taqdimnomalarga asosan 41 nafar mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy “hayfsan” jazosi tayinlangan, davlat organlari va tashkilotlariga qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi to‘g‘risida 75 ta ogohnomalar kiritilgan.
Amalga oshirilgan boshqa ishlar.
Sho‘ba tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosini samarali tashkil qilish hamda huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilib borish natijasida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 11 ta takliflar kiritildi.
Shu bilan bir qatorda, ommaviy axborot vositalari, jumladan, televidenie, radio va gazetalar orqali 10 marotaba ko‘rsatuv va chiqishlar qilindi.
Shuningdek, 2025 yil 4 fevral va 7 avgust kunlari “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida o‘quv-seminarlarini tashkil etish yuzasidan viloyatdagi barcha tashkilotlarni qamrab olgan holda o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘zMTRK bilan hamkorlikda tasdiqlangan media rejaga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini yoritishga qaratilgan “Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda” rukni ostida video materiallar tayyorlandi va “O‘zbekiston-24” telekanalida efirga uzatildi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mas’ul ijrochilarga huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha doimiy viloyat hokimligi va tashkilotlarga eslatma xatlari kiritib kelinmoqda.