Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi bo‘limlari tomonidan 2025 yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 5 229 ta murojaatning 5 512 tasi hal etilib, shundan 3 378 tasi yoki 64.6 foizi qanoatlantirildi (ko‘rib chiqilgan murojaatga nisbatan 61.3 foizi qanoatlantirildi), 2 134 tasiga huquqiy tushuntirish berildi,
34 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 401 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan,
186 tasi ish yurituvda qoldiq bo‘lib qolgan (o‘tgan yilda 904 ta murojaat qoldiq bo‘lgan).
Kelib tushgan murojaatlarning 2 089 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali, 1 178 tasi veb-sayt orqali, 492 tasi yozma, 6 tasi elektron, 1 464 tasi og‘zaki tarzda qabul qilingan.
Murojatlarning 2 625 tasi shikoyat va 2 604 tasi ariza hisoblanadi, shundan 609 tasi boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 75 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib,
70 tasiga ijobiy xulosa berildi, 5 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 64 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 103 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 70 tasi (3 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari) bekor qilinib, 32 tasi qonun hujjatlarga muvofiqlashtirildi va 1 ta mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) to‘xtaldi.
Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 130 ta takliflar ishlab chiqildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan
ta’sir choralari bo‘yicha
Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 226 ta o‘rganish va 893 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 866 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 30 573 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 016 ta taqdimnoma, 350 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 374 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 133 nafar shaxs intizomiy va 339 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1 961 ta noqonuniy hujjatlar aniqlanib, 790 ta bekor qilindi, 1 170 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi va 1 ta mansabdor shaxsning harakati (harakatsizligi) to‘xtaldi, shuningdek, 31 mlrd. 984 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 9 mlrd. 898 mln. so‘mlik 155 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra 5 mlrd. 898 mln. so‘mlik 108 ta (o‘tgan yildan 7 tasi qoldiq bo‘lgan) da’vo arizalari qanoatlantirildi.
Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘yicha
Boshqarma tomonidan 2025 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra jami 603 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 432 tasi davlat ro‘yxatiga, 171 tasi hisob ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
189 ta diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 187 tasi islom diniga mansub bo‘lsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Advokatura sohasi bo‘yicha
Boshqarma tomonidan 2025 yil 30 sentabr holatida jami
546 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan bo‘lib, shundan 352 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 8 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 23 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 163 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bo‘yicha
Markazlar tomonidan jami 486 450 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan.
Ushbu hujjatlardan 454 079 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 32 371 tasi qonunchilikka zid bo‘lganligi sababli rad qilingan.
Yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar manfaatini ko‘zlab qarzdor tashkilotlarga jami 198 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida ta’minlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga 80 ta da’vo arizalari kiritilishi ta’minlandi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasi bo‘yicha
Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami
1 571 404 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 853 497 tasi fuqarolarning shaxsan o‘zi orqali, 717 907 tasi internet orqali murojaat qilgan.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan murojaatlarning 1 388 318 tasi hal etilgan va 183 086 tasi rad etilgan.
FHDYo bo‘limlari tomonidan hisobot davrida 73 995 ta
(38 685 ta o‘g‘il, 35 310 ta qiz) tug‘ilish, 17 714 ta nikoh, 2 451 ta nikohdan ajralish, 11 736 ta o‘lim, 3 445 ta otalikni belgilash,
196 ta farzandlikka olish, 1 596 ta dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish harakatlari amalga oshirilgan.
FHDYo harakatlari amalga oshirilishi natijasida 3 mlrd.
786 mln. 670 ming so‘mlik davlat boji, 3 mlrd. 834 mln. 669 ming so‘mlik gerb yig‘imi hamda 6 mlrd. 429 mln. 032 ming so‘mlik pullik xizmat to‘lovlari undirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 43 317 ta, shundan 3 224 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 18 467 tasi ijtimoiy tarmoqlari orqali chiqishlar,
18 700 tasi og‘zaki, 2 926 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 10 023 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat
adliya boshqarmasi