Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2025

Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi
mobaynida Ko‘kdala tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Joriy yilning 9 oyi mobaynida bo’lim tomonidan tuman Xalq deputatlari kengashining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o’tkazilib, ijobiy xulosalar berilib rozilik vizasi qo‘yildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 8 marta o‘rganish hamda 19 marta tahlil
va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 28 ta
tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 823 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 52 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 1 mlr. 196 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 2 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasi hal etilgan bo‘lsa, 145 ta hujjatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning 9 oyi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 70 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 50 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 13 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan va 6 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 7 ta 384 mln. 889 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 246 mln. 946 ming so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan. 16 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 15 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, joriy yilning 9 oyi mobaynida bo‘lim tomonidan jami 1920 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 110 tasi OAV orqali, 862 tasi og‘zaki, 847 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 101 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 339 marotaba, ta’lim muassasalarida 228 marotaba, mehnat jamoalarida 99 marotaba va boshqa joylarda 196 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

Ko‘kdala tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                      Sh.I.Usmanov

 


Рўйҳатга қайтиш