Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2025

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 3-chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 3-chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi
“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning
3-choragi mobaynida Qarshi shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 3 marta o‘rganish hamda 14 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 21 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 1126 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 17 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 389 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi.

Shuningdek, adliya bo‘limiga 2025-yilning 3-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 112 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 86 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 17 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 9 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.

Bo‘lim tomonidan 7 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 7 nafar shaxsning barchasiga ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2025-yilning 3-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami
3022 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 93 tasi OAV orqali, 479 tasi og‘zaki, 301 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 672 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 274 marotaba, ta’lim muassasalarida
84 marotaba, mehnat jamoalarida 65 marotaba va boshqa joylarda 60 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

Qarshi shahar adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                          I.Ergashev                                               


Рўйҳатга қайтиш