Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar...
Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan
2025-yilning 9 oyi davomida
amalga oshirilgan ishlar...
Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shoʻba tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 377 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.
Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 272 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 39 ta murojaat qanoatlantirilgan, 213 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 7 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 8 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 5 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.
Hisobot davrida viloyatda jami 61 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 16 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 5 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini (4 nafar notarius letsinziyasi 1 oydan 6 oy muddatgacha to‘xtatilgan) topgan.
Shuningdek, shoʻba tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida notarial idoralarda 48 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 18 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kundan
1 oyga qadar toʻxtatildi.
Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 15 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 15 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatildi.
Huquqiy targʻibot sohasida 2025-yilning 9 oyi davomida 108 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan
17 tasi radio va televideniya, 13 ta gazeta, 78 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 70 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 2 978 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shoʻba tomonidan 2025-yilning 9 oyi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 1-oktabr kuniga qadar jami 546 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berilgan boʻlib, shundan 2025-yilning 30-sentabr holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 352 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
23 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 163 tani tashkil qiladi.
Shu jumladan, 2025-yilning 9 oyi davomida berilgan litsenziyalar soni
37 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 20 tani tashkil qiladi.
2025-yilning 9 oyi davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 288 tani, shundan advokatlik byurolari 269 tani, advokatlik firmalari
15 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 24 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
52 tani tashkil qilgan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 24 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida jami 9 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 140 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.
Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 140 ta masaladan 9 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 122 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 9 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.
Shu bilan birga, 2025-yilning 9 oyi davomida talabgorlarga berilgan
37 ta litsenziyalar uchun jami 14.060.000 soʻm davlat boji, 37 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 7.030.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.