Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2025

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan MA’LUMOT

Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan

MA’LUMOT

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi
mobaynida Yakkabog‘ tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Joriy yilning 9 oyi mobaynida bo’lim tomonidan tuman Xalq deputatlari kengashining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o’tkazilib, ijobiy xulosalar berilib rozilik vizasi qo’yildi.

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 8 marta o‘rganish hamda 19 marta tahlil
va monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 39 ta
tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 1 413 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 38 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 2 mlr. 673 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 3 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasi hal etilgan bo‘lsa, 283 ta hujjatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning 9 oyi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 207 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 117 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 85 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan va 4 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 5 ta 9 mln.
223 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 1 mln.
880 ming so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan. 8 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 8 nafar shaxslarning barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, joriy yilning 9 oyi mobaynida bo‘lim tomonidan jami 1969 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 175 tasi OAV orqali, 911 tasi og‘zaki, 774 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 109 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 446 marotaba, ta’lim muassasalarida
156 marotaba, mehnat jamoalarida 57 marotaba va boshqa joylarda 232 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

 

Yakkabog‘ tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i                                                      X.Nortojiyev

 


Рўйҳатга қайтиш