Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2025

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

MA’LUMOTNOMA

 

01.10.2025-yil                                                                                 Qarshi shahar

 

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 65 nafar shaxslarga uslubiy ko‘maklashilib, ularga mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar buzilishining oldini olish maqsadida ommaviy joylarda 171 ta profilaktika tadbirlar o‘tkazildi.

Savdo maskanlarida aniqlangan kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha sohalar kesimida tayyorlangan 235 donadan ziyod kontrafakt mahsulotlar katalogi, yirik savdo markazlari va savdo nuqtalari hamda keng jamoatchilikka yetkazildi.

Kontrafakt mahsulotlar bo‘yicha sohalar kesimida tayyorlangan kontrafakt mahsulotlar kataloglari va kontrafakt mahsulotlar bilan tanishish imkonini beruvchi doimiy yangilanib boruvchi elektron shakldagi QR-kodlar viloyatdagi oziq-ovqat bozorlari, savdo majmualari, savdo do‘konlari, teatr, kinoteatr, bar va kafelar, tadbirkorlik subyektlariga tarqatildi, shuningdek adliya boshqarmasining va boshqa tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirib borilmoqda.

Boshqarma tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida kelib tushgan 49 ta murojaatlar o‘rganilib, 38 ta tadbirkorlik subyektlariga tekshirishlar o‘tkazilgan, shuningdek aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 13 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilishi natijasida jarima jazolari qo‘llanilgan, 27 ta taqdimnomalar hamda 21 ogohnomalar kabi ta’sir choralari kiritilishi natijasida 169 ta intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi ta’minlandi.

Intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini uyg‘otish maqsadida doimiy ravishda fuqarolarga tarqatma materiallar tarqatilib, ushbu materiallarni viloyat adliya boshqarmasi, OTMlari va boshqa tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlari hamda OAVda joylashtirib borish va keng jamoatchilikka yetkazish ishlari amalga oshirib borilmoqda.

Intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan 68 ta turli ko‘rinishdagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 7 tasi televideniya, 3 tasi radio, 1 tasi gazeta, 47 tasi veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari, 6 ta seminar, ma’ro‘za va davra suhbatlari tarzidagi og‘zaki huquqiy targ‘ibot, 4 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tarzida amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 55 ta savdo obyektlari kontrafaktsiz hudud deb e’tirof etilishi ta’minlandi hamda kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo‘yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda 16 marotaba tadbirlar o‘tkazilishi ta’minlanib aniqlangan kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ta’minlangan.

 

 

Intellektual mulk huquqlarini

himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi

I.Sharapov




Рўйҳатга қайтиш