Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.10.2025

Shahrisabz tuman adliya bo‘limining 2025 yil 2-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

 

Shahrisabz tuman adliya bo‘limining 2025 yil 2-choragi davomida

amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 208 ta murojaatlarning 202 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 156 ta yoki 77 foizi qanoatlantirilgan, 46 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 49 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

 

O‘tkazilgan   sayyor    qabullar

 

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 2-choragi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 37 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 630 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 37 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 32 tasi qanoatlantirilgan va 5 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
3 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 1 ta taqdimnoma kiritildi.

 

     O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 8 ta o‘rganish va 38 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 51 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2423 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 53 ta taqdimnoma,
21 ta ogohnoma, 13 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

 

                                              Natijada

 

- 8 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 3 616 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

 

- 512 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

 

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 8 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 532 mln. so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil 3-choragi davomida jami 2522 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 227 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 890 tasi og‘zaki, 166 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 890 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Shahrisabz tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                  R.Muhammadiev

                                                                                             


Рўйҳатга қайтиш