06.10.2025
amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2025-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 152 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 122 ta yoki 82,8 foizi qanoatlantirilgan, 30 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2025-yilning 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 38 ta MFYlar qamrab olingan holda 14 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Kasbi tuman adliya bo‘limi томонидан Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining “Kasbi tumani bo‘yicha 2025-yil 1-apreldan 2025-yil 1-oktabrga qadar vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1 ta, Kasbi tuman hokimining “Kasbi tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumta’lim muassasalarining mikrohududlarini belgilash to‘g‘risida”gi 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo’lib, huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan 3 ta monitoringda jami 3 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 3 ta taqdimnoma kiritildi va 3 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2025-yilning 9 oyida jami 40 ta tashkilotlarda 6 ta o‘rganish va 25 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 854 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2025-yilning 9 oyida jami 53 ta ta’sir choralari ko’llanilgan bo’lib, shundan, 15 ta ma’muriy, 2 ta da’vo ariza, 36 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 15 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida jami 2095 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 138 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, ijtimoiy tarmoqlar orqali 950 ta chiqishlar, 846 tasi og’zaki, 161 tasi yozma va ko’rgazmali huquqiy targ’ibot, 846 tasi manzilli targ’ibot va 391 tasi uyma-uy borib o’tkazilgan targ’ibot tadbirlaridan iboratdir.
Kasbi tuman adliya bo’limi tomonidan 2025-yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 9 ta takliflar berildi.
Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.
Kasbi tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i A.Zoyirov
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-chorak davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-chorak davomidaamalga oshirgan faoliyati yuzasidan