Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2025

Dehqonobod tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat
huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-
bandida “tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman
(shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari
va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati
bo‘yicha axborot taqdim etadi” degan rahbariy ko‘rsatmalardan kelib chiqqan holda,
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 2-choragi davomida
Dehqonobod tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati
o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi PF-5415-
sonli Farmonida adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra adliya organlarini “Odilona qonunlarni qabul qilish,
jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish—demokratik huquqiy davlat
ko‘rishning garovidir” degan konsepsual g‘oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan
yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydigan professional
xizmatga aylantirish; davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar)
tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish
sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil
asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha choratadbirlarni amalga oshirish; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini, ma’muriy
tartib-taomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda
adliya organlarining rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada
takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; o‘z
faoliyatlari yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish yo‘li
bilan adliya organlari mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish,ularning aholini tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda bo‘lishi
holatlariga chek qo‘yish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq
mezonlarini belgilash kabilar ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 2021-
yil 20-apreldagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-
yil 15-noyabrda 19-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3333) bilan tasdiqlangan
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy
ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qoidalariga asosan mahalliy davlat hokimiyati
organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining
qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy
ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma talablariga ko‘ra, mahalliy
davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin
loyihani tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya
bo‘limlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilishi shart. Mahalliy
davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xodimi loyihalarni tegishli hududiy
adliya organiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi.
O‘tgan davr mobaynida Xalq deputatlari tuman Kengashining “2025-yilda
Dehqonobod tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash
to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ekspetizadan o‘tkazildi. Shuningdek, 2025-yilning o’tgan
davri mobaynida jami 4 ta Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori va 1 ta tuman
hokimining qarori huquqiy ekspertizadan o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi
Nizomning 12-bandi, beshinchi kichik bandida adliya organlariga vazirliklar, davlat
qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan, qonun
hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib
turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish
to‘g‘risida hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati faoliyati,
ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida aniqlangan
huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchisabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish vakolati
berilgan.
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 2-choragi davomida
28 marotaba tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan tahlil va o‘rganishlar
o‘tkazilib, 156 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonunbuzilishi
holati bo‘yicha jami 15 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning ko‘rib
chiqilishi natijalariga ko‘ra 689 mln 622 ming so‘mlik pul mablag‘lari jismoniy va
yuridik shaxslar foydasiga to‘lab berilgan, 10 nafar ma’sul-mansabdor shaxslarga
nisbatan ma’muriy bayonnomalar va ma’muriy takliflar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha choratadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasidagi 69 nafar fuqaroning murojaatlaridan 69 tasi
qonun doirasida ko‘rib chiqilib, 43 tasi qanoatlantirilgan va 43 nafar jismoniy va
yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan bo‘lsa, 24 tasiga huquqiy
tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Bo‘lim tomonidan, yangi qabul qilingan 32 ta qonun hujjatlari davlat organlari
va tashkilotlariga yetkazilgan.
Shuningdek, Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan
bir qator huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Xususan, bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Dehqonobod tumanidagi Xalq qabulxonasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar,
sudlar va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 1293 marta yangi
qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatlari yuzasidan
huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom
ettirilayotganligini ma’lum qilaman.

Рўйҳатга қайтиш