05.07.2025
Qamashi tuman adliya bo‘limining 2025 yil 1 yarim yillik davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil davomida bir nechta fuqarolarning huquqlari tiklandi.
Jumladan, adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi 6 nafar xodimining murojaatiga asosan ularga ustama pullari to‘lanmayotganlik holatlaridan shikoyat qilib murojaat qildilar.
Murojaatni o‘rganish jarayonida Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bandiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, o‘rmon xo‘jaligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda atrof muhitni shu jumladan o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda iqtisod, hisobchi, huquq va ta’lim sohalarida faoliyat yuritgan xodimlarning sohadagi umumiy ish staji uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq holda quyidagi miqdorda to‘lanadi:
1 — 3 yilgacha — 10 foiz;
3 — 5 yilgacha — 20 foiz;
5 — 8 yilgacha — 30 foiz;
8 — 10 yilgacha — 40 foiz;
10 — 15 yilgacha — 50 foiz;
15 — 20 yilgacha — 60 foiz;
20 — 25 yilgacha — 70 foiz;
25 yildan ortiq — 80 foiz;
Bunda Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining umumiy ish staji uchun oylik ish haqiga (beriladigan ustama mablag‘larini hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda to‘lanishi belgilangan bo‘lsada, lekin 6 nafar Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga ustama pullari to‘lanmaganligi aniqlandi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan mutaxasis jalb qilgan holda to‘lanmagan ustama pullari xisoblanib, xususan Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligining 6 nafar xodimiga jami 167 257 938 so‘m ustama pullari to‘lanmaganligi aniqlanib, xodimlarning manfaatini ko‘zlab FIB Yakkabog‘ tumanlararo sudiga 6 nafar xodimning manfaatlarini ko‘zlab, jami 167 257 938 so‘mlik da’vo arizasi kiritildi. FIB Yakkabog‘ tumandararo sudining 2025 yil 26-iyundagi hal qiluv qaroriga asosan xodimlarning huquqlari tiklanib, ularga to‘lanmay qolgan ustama pullari to‘liq undirib berildi.
Bugungi kunda tuman adliya bo‘limi tomonidan bu sohada qilinayotgan ishlar davom etmoqda.
Рўйҳатга қайтиш