Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2025

G‘uzor tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida “tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etadi” degan rahbariy ko‘rsatmalardan kelib chiqqan holda, G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida G‘uzor tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi                   PF-5415-sonli Farmonida adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra adliya organlarini “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish—demokratik huquqiy davlat ko‘rishning garovidir” degan konseptual g‘oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydigan professional xizmatga aylantirish; davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda adliya organlarining rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; o‘z faoliyatlari yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish yo‘li bilan adliya organlari mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish, ularning aholini tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda bo‘lishi holatlariga chek qo‘yish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq mezonlarini belgilash kabilar ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 20-apreldagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining               2021-yil 15-noyabrda 19-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3333) bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qoidalariga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma talablariga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin loyihani tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilishi shart. Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xodimi loyihalarni tegishli hududiy adliya organiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi.

O‘tgan davr mobaynida Xalq deputatlari tuman Kengashining “2025-yilda G‘uzor tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ekspetizadan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandi, beshinchi kichik bandida adliya organlariga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish vakolati berilgan.

G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 2-choragi davomida 21 marotaba tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan tahlil va o‘rganishlar o‘tkazilib, 313 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan va aniqlangan qonunbuzilishi holati bo‘yicha jami 22 ta taqdimnoma kiritilgan, kiritilgan taqdimnomalarning ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 1 mlrd. 511 mln. 388 ming 700 so‘mlik pul mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga to‘lab berilgan, 6 nafar ma’sul-mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar va ma’muriy takliflar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasidagi 133 nafar fuqaroning murojaatlaridan 133 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilib, 82 tasi qanoatlantirilgan va 61 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan bo‘lsa, 76 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan, yangi qabul qilingan 32 ta qonun hujjatlari davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan.

Shuningdek, Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan bir qator huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

Xususan, bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining G‘uzor tumanidagi Xalq qabulxonasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sudlar va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2436 marta yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatlari yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.


Рўйҳатга қайтиш