Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2025

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi ish yurituviga 2025-ylning 1-yarim yilligi davomida 101 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 54 tasi “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatla hisoblanadi.

101 ta murojaatdan 98 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 36 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 62 tasiga huquqiy tushuntirish 3 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Sho‘ba tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida, 3 ta vakolatli tashkilotlarning viloyat va tuman (shahar) bo‘limlarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvoli o‘rganildi o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 526 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi, aniqlangan holatlar bo‘yicha vakolatli tashkilotlarning 61 nafar mas’ul xodilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 2155-moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib javobgarlik masalasi hal etildi hamda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 12 ta takliflar berildi.

Bundan tashqari, sho‘ba tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida, 6 ta vakolatli tashkilotlarda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvoli yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring davomida, 1796 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi eng ko‘p qonun bizilishiholatlari tuman (shahar) hokimliklari va “Hududgaz Qashqadaryo” GTFning tuman (shahar) bo‘limlarida aniqlangan holatlar bo‘yicha 6 ta vakolatli tashkilotlarning 35 nafar mas’ul xodilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 2155-moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib javobgarlik masalasi hal etildi.

Shuningdek, sho‘ba tomonidan bugungi kunga qadar vakolatli tashkilotlarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishida 6940 ta qonun buzilishi holatlarini aniqlangan bo‘lib 4229 ta holatda muddat buzilishi, 2711 ta holatda asossiz rad etilganligi aniqlangan va aniqlangan holatlar bo‘yicha davlat tashkilotlarining tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti talablarini buzgaligi uchun 144 ta nafar rahbar va ma’sul xodimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2155-moddasiga asosan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Qashqalaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlarida va Hududiy elektr tarmoqlari AJning tuman (shahar) filiallarida davlat xizmatlari ko‘rsatishda xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti talablarinirioya etilinayotganligi va xodimlarning korrupsion holatlarga moyilligi aniqlash borasida 32 marotaba sirli mijoz tadbirlari o‘tkazildi va aniqlangan holatlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar Adliya vazirligiga taqdim etildi.


Рўйҳатга қайтиш