Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2025

Koson tuman adliya bo‘limining 2025 yil 1 yarim yillik davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025 yil 2 chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 1 yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 175 ta murojaatlarning 130 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 106 ta yoki 82 foizi qanoatlantirilgan, 24 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 14 tasi joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan sayyor qabullar

Bo‘lim tomonidan 2025 yil 1 yarim yilligi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 74 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 524 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 21 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 12 tasi qanoatlantirilgan va 2 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
3 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

     O‘tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 4 ta o‘rganish va 20 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 23 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 298 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 13 ta taqdimnoma,
9 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

                         Natijada

- 83 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.


Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025 yil 1 yarim yilligi davomida jami 1971 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 259 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 949 tasi og‘zaki, 233 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 949 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Рўйҳатга қайтиш