Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2025

Tuman (shahar) adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida MAʼLUMOT

Tuman (shahar) adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil
6 oy davomida jami 1 015 877 ta xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, bevosita Markazlar orqali 581 500 ta, onlayn tarzda (YaIDXP orqali) 434 377 tani tashkil etgan.
Viloyatda eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar Qarshi shahrida 179 362 ta, Kitobda 76 390 ta va Kosonda  73 642 tani tashkil etgan.
Olis va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishlarini tashkil etish maqsadida, joriy yilning 6 oy davomida jami 56 256 ta sayyor davlat xizmatlar ko‘rsatildi.    
Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan joriy yilning
6 oy davomida jami 2 762 ta davlat muassasalari va tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shundan, xususiy korxonalar 325 ta, oilaviy korxonalar
244 ta, MChJlar 1 750 tani tashkil etgan.
Shuningdek, 5 399 ta yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shundan, 4 571 ta YaTT sifatida, 668 ta dehqon xo‘jaligi va 12 ta oilaviy korxonani tashkil etgan.    
Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi 80-son Farmonlariga ko‘ra, fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishlarida yanada qulaylik yaratish maqsadida, Mobil-ID tizimidan identifikatsiya qilishda mavjud to‘lovlar bekor qilinib, aholiga pasportlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ID kartaga almashtirishni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, ularning roziliklari asosida bepul tarzda Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, boshqa masalalarda Markazga tashrif buyurgan shaxslarga hamda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davrida ham ushbu xizmatdan foydalantirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida jami 13 436 nafar fuqarolar Mobil-ID tizimidan roʻyxatdan oʻtkazilishiga erishilib, ularga davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishning afzalliklari yuzasidan tegishli tushuntirishlar olib borildi.
Bugungi kunga kelib viloyatda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha jami 12 ta tuman (shahar) DXMlarda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi va jami 16 085 ta xorijga chiqish biometrik pasportlar rasmiylashtirilishiga erishildi.
CALL markaz orqali yoki rasmiy veb sayt orqali kelib tushgan murojaatlarga koʻra, fuqarolarga joyiga chiqqan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu xizmatdan 2025-yilning 6 oy davomida 41 nafar fuqarolar foydalanishlariga erishildi. Ushbu xizmatning qulayliklari shundaki, fuqarolarning takliflari bo‘yicha belgilangan manzillarga borgan holda Markaz xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Bunda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish  nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
Qulayliklardan biri, o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
-Hozirgi kunda, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar hamda ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolarga navbatsiz davlat xizmatlari koʻrsatilib, jami 187 nafar ushbu toifadagi shaxslarga Markaz xodimlari tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun yaqindan yordam berildi.  
-“Ucell” uyali aloqa kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, Fuqarolarni mobil aloqa operatorlariga ulash boʻyicha jami 387 nafardan ortiq  shaxslarga ushbu davlat xizmatlari koʻrsatildi.  
-Markazlarda fuqarolarga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tizimidan foydalanishda yordam berilmoqda. Shuningdek, Qarshi shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanishlari uchun raqamli xizmatlar nuqtasi ya’ni infokiosk apparati o‘rnatildi. Bundan fuqarolar navbatsiz my.gov.uz ilovasi orqali davlat xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati yaratib berildi.  
Viloyatning 14 ta mahalla binolarining o‘zida aholining davlat xizmatlaridan foydalanishlarini tashkil etish maqsadida, interaktiv kiosklar o‘rnatildi.
Natijada, jami 21 894 nafar shaxslar davlat xizmatlari turlaridan mahalladan turib foydalanishlari yo‘lga qo‘yildi. Bu bilan, aholining Davlat xizmatlari markazlariga kelish uchun sarf xarajatlari va kutib turish vaqtlari iqtisod qilinishiga erishildi.
Interaktiv kiosklar viloyatning qo‘shimcha 120 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining binolarida ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
-Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Markazlarda ish vaqti belgilangan taqsimotga asosan, xodimlarning bir qismi soat 08.00 dan 17.00 ga qadar, qolgani soat 09.00 dan 18.00 ga qadar ish faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Bu esa ishlari zarurroq bo‘lgan fuqarolarga ertachiroq Markazga kelib, davlat xizmatlaridan foydalanishlari imkonini yaratdi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinib, bunda fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi. Bu jarayon Markazga hujjatsiz tashrif buyurgan fuqarolarga hujjatlarni olib kelish uchun qaytib ketmasdan, (Face-ID) orqali fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Aholiga elektron raqamli imzo rasmiylashtirishda ham (Face-ID) tizimi joriy etildi. Bunda, Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi, shuningdek, mobil ilovada shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi bilan tasdiqlash orqali elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berilishi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Fuqarolarga yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini
Qarshi shahrida va Shahrisabz tumanlari Davlat xizmatlari markazlari orqali almashtirib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelinayotgan edi.
Viloyatning qo‘shimcha 6 ta ya’ni Qarshi, Kasbi, Koson, Shahrisabz, Chiroqchi va Yakkabog‘ tumani DXMlarida ham yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berish xizmatlari joriy etilgan bo‘lib, joriy yilning 6 oy davomida jami 12 631 ta yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.  
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda olib borilayotgan islohotlarning barchasi aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.  

                      DXM va FHDY organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish sho‘basi  

Рўйҳатга қайтиш