Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2025

Ko`kdala tumani adliya bo‘limining 2025-yil 2-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Ko`kdala tumani adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 2-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2025-yil 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 39 ta murojaatlarning 36 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 29 ta yoki 72,6 foizi qanoatlantirilgan, 4 ta huquqiy tushuntirish berilgan, 3 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, qoldiqda 3 ta murojaatlar qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2025-yil 2-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahardagi 37 ta MFYlardan 21 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
3 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 3 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

     O‘tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2025-yil 2-choragi davomida jami 11 ta o‘rganish va 14 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 16 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 358 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 18 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 29 ta taqdimnoma, 8 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritilgan.
Natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 76.258.635 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 8 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 6 ta 291 039 100 so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 246 023 900 ming so‘mlik  6 ta da’vo qanoatlantirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 2-choragi davomida jami 1317 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 50 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 625 tasi og‘zaki, 55 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 250 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш