Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.07.2025

Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdantakomillashtirishchora-tadbirlarito‘g‘risida”giPF-5415-sonliFarmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning6 oylik davridaChiroqchi tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.
Xususan, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda I, II chorakdaChiroqchituman hokimi va Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining3tanormativtusdagishundan1tatumanhokiminingqaroriloyihasi hamda 2 ta Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib tegishli tartibda xulosalar berildi.
Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 4 marta o‘rganish hamda 13 marotaba monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 21 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 374 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 25 ta taqdimnomalarkiritilganhamdaushbutaqdimnomalargaasosan831900mingso‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 1 ta hujjat qonunlarga zid ravishda qabul qilinganligi aniqlanib bekor qilingan.
Shuningdek, adliya bo‘limiga joriy yilning I, II chorakda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 78 ta murojaatlar, onlayn platformalar orqali 859 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 859 ta murojaatlar hal etilgan. 791 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 65 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudiga fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ish haqi va ustamalarni undirish yuzasidan 3 ta murojaat kiritilib, hozirda ko‘rib chiqish jarayonida turibdi. 13 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan,2025-yilningo‘tgandavridabo‘limtomonidanjami1525marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 124 tasi OAV orqali, 594 tasi og‘zaki,729tasiijtimoiytarmoqlarorqaliamalgaoshirilgan,targ‘ibotlarjarayonida jami 330 dan ortiq turli mazmundagi ko‘rgazmali tarqatma materiallar tarqatilib, ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibottadbirlarimahallalarda217marotaba,ta’lim muassasalarida    131 marotaba, mehnat jamoalarida 82 marotaba va boshqa joylarda 164 marotaba o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-mayda qabul qilingan PF-80 son Farmonida belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan reja grafik asosida “Huquqiy mahalla konsepsiyasi” doirasida tumandagi 6 ta MFY qamrab olinib, “Huquqiy ko‘mak” aksiyalari va “Adliyakuni”,“Huquqiytarg‘ibotkuni”tabirlarimanzillidasturbo‘yichao‘tkazib kelindi.
Mazkur farmonda tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan vazifalardan uymauy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 1450 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari o‘rganilib hal etish choralari ko‘rildi.
Hozirgi kunda “Online-mahalla”, “Mahalla adliya” va “Huquqiy muammo” platformasi orqali huquqiy masalalarga oid muammolarni hal etib borish yo‘lga qo‘yilganligi ishlarimizni osonlashtirib o‘tgan II chorak davomida 3549 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib huquqiy muammolarhal etish imkoniyatini yaratdi.
Aniqlangan huquqiy muammolardan tahlil qilinganda, ularning aksariyat qismi nikohni, ajrimni, o‘limni qayd etish, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish,ishhaqivamehnatmunosabatlarimasalasida,subsidiyaolishva

ijtimoiy nafaqalar olish masalasidagi murojaatlar bo‘lsa, ayrimlari meros ishi masalasida, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironlikni belgilash, aliment va soliq imtiyozlarini qo‘llanilishi va turli imtiyozlar masalasidagi muammolarni tashkil etgan.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan tumanda “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqarolarga tizimli ravishda huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.
Sizga axborottariqasida bildirilmoqda



Рўйҳатга қайтиш