Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil 1-yarim yillik davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2025-yil 1 va 2-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 146 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan bo‘lib, shundan 136 ta yoki 93 foizi qanoatlantirilgan, 10 ta huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2025-yilning 2-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta MFYlar qamrab olingan holda 9 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining 2 та normativ-huquqiy tusdagi qarorlari ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan va ijobiy xulosa berilgan.
Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan 5 monitoringda qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 5 ta taqdimnoma kiritildi va 5 ta hokim qarori va hokim farmoyishi noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2025-yilning 6 oyida jami 25 ta tashkilotlarda 4 ta o‘rganish va 18 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 206 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Mirishkor tuman adliya bo’limi tomonidan 2025-yilning 6 oyida jami 37 ta ta’sir choralari ko’llanilgan bo’lib, shundan, 9 ta ma’muriy, 28 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o’tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko’ra 8 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 6 oyi davomida bo‘lim tomonidan jami 1633 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 89 tasi OAV orqali, 667 tasi og‘zaki, 782 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 667 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan. Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 234 marotaba, ta’lim muassasalarida 153 marotaba, mehnat jamoalarida 142 marotaba va boshqa joylarda 138 marotaba o‘tkazilgan.
Mirishkor tuman adliya bo’limi tomonidan 2025-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha 4 ta takliflar berildi.
Kelgusida yuqorida ko’rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.