05.07.2025
Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi faoliyatidan...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.
Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, bo‘lim tomonidan 2025 yilning olti oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 605 ta murojaatning 476 tasi hal etilib, shundan 195 tasi yoki 32 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 40 foiz) qanoatlantirilgan, 281 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 164 ta murojaatning 149 tasi hal etilib, shundan 74 tasi yoki 45 foizi qanoatlantirilgan, 75 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 11 ta taqdimnomalar kiritildi. Shuningdek, 2 nafar ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 909 593 900 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.
Sho‘ba tomonidan hisobot davrida 1 046 565 000 so‘mlik 14 ta da’vo arizalari kiritildi.
Bundan tashqari, sho‘ba tomonidan 2025 yil olti oyi davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 21 ta taqdimnoma va 7 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada fuqarolar foydasiga 1 060 381 000 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 102 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 18 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar va 70 tasini og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.
Рўйҳатга қайтиш