Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
04.07.2025

Notariat advokatura

Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan
2025-yilning 1-yarim yilligi davomida
amalga oshirilgan ishlar...

Notariat, advokatura va mediatsiya shoʻbasi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shoʻba tomonidan 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 240 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.
Kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 182 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 33 ta murojaat qanoatlantirilgan, 137 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 7 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 3 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan.
Hisobot davrida viloyatda jami 62 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoʻba tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 10 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 5 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini topgan.
Shuningdek, shoʻba tomonidan 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida notarial idoralarda 38 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 16 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kundan
1 oyga qadar toʻxtatildi.
Bundan tashqari shoʻba tomonidan viloyatdagi 9 ta notarial idoralarda rejali tekshirish oʻtkazib, 9 nafar notariuslarning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatildi.
Huquqiy targʻibot sohasida 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida 77 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 13 tasi radio va televideniya, 10 ta gazeta, 54 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 51 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida 1 971 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shoʻba tomonidan 2025-yilning 1-yarim yilligi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 1-iyul kuniga qadar jami 529 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berilgan boʻlib, shundan 2025-yilning 30-iyun holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 344 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
23 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 154 tani tashkil qiladi.
Shu jumladan, 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida berilgan litsenziyalar soni 20 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 11 tani tashkil qiladi.
2025-yilning 1-yarim yilligi davomida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 274 tani, shundan advokatlik byurolari 254 tani, advokatlik firmalari
16 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 16 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni
34 tani tashkil qilgan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 16 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 6 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 89 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.
Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 89 ta masaladan 6 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 77 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 6 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.
Shu bilan birga, 2025-yilning 1-yarim yilligi davomida talabgorlarga berilgan
20 ta litsenziyalar uchun jami 7.500.000 soʻm davlat boji, 20 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 3.750.000 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.


Рўйҳатга қайтиш