04.07.2025
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi
“Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning
2-choragi mobaynida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.
Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilda Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 1 ta normativ tusdagi qarori hamda 1 ta hokimning normativ tusdagi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari
va boshqa sohalar bo‘yicha 3 marta o‘rganish hamda 16 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 12 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi. O‘rganish va monitoringlar davomida 946 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 90 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 328 mln. 992 ming 464 so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 1 ta hujjatlar bekor qilingan.
Shuningdek, adliya bo‘limiga 2025-yilning 2-choragi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 58 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 148 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 32 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 16 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan.
Bo‘lim tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 3 ta 244 mln. so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 50 mln. so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilib, 2 ta da’vo arizasi ko‘rib chiqish jarayonida. 5 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va 5 nafar shaxsning barchasiga ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 2025-yilning 2-choragi mobaynida bo‘lim tomonidan jami
760 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 36 tasi OAV orqali, 348 tasi og‘zaki, 373 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 348 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 185 marotaba, ta’lim muassasalarida
135 marotaba, mehnat jamoalarida 15 marotaba va boshqa joylarda 13 marotaba o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.
Shahrisabz shahri
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning 2-chorak mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidanMA’LUMOT