Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
04.01.2025

Nishon tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil mobaynida Nishon tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

Xususan, Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilda Nishon tuman hokimi va Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining 9 ta normativ tusdagi shundan 4 ta tuman hokimining qarori loyihasi hamda 5 ta Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib,

Bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 16 marta o‘rganish hamda 45 marta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlar davomida 59 ta tashkilot faoliyati qamrab olindi.

O‘rganish va monitoringlar davomida 5 476 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 90 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 10 mlr. 206 mln. 178 ming so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlanib, 9 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasi hal etilgan bo‘lsa, 133 ta hujjatlar qonunga muvofiqlashtirilib 13 ta hujjat bekor qilingan.

Shuningdek, adliya bo‘limiga 2024-yil mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 185 ta ariza va so‘rovlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 760 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 174 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan va 28 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Nishon tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 12 ta 501 mln. 093 ming 432 so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, shundan 501 mln. 093 ming 432 so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirilgan. 37 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilib barchasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan. Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 2024-yilmobaynida bo‘lim tomonidan jami 1420 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 192 tasi OAV orqali, 459 tasi og‘zaki, 625 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali, 459 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.

Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 238 marotaba, ta’lim muassasalarida 40 marotaba, mehnat jamoalarida 54 marotaba va boshqa joylarda 127 marotaba o‘tkazilgan.

Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.


Рўйҳатга қайтиш