Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi tomonidan 2024-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi tomonidan 2024-yilning
3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan........
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning
3-choragi davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami
609 tani tashkil etib, shundan 438 ta yuridik shaxs maqomiga ega, 171 ta esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 188 ta, shundan 186 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.
Sho‘baga ushbu davr mobaynida 273 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 138 tasi nazoratga olingan, 130 ta ma’lumot sifatida qabul qilingan. 22 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. Nazoratga olingan xat va hujjatlarning 138 ta o‘z vaqtida ijro etilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 22 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, 10 ta ariza rad etilgan, 2 ta nodavlat notijorat tashkilotlari esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 3 ta rad etilgan, 1 ta qoldiq bo‘lib qolgan.
Hisobot davri davomida bo‘limga 40 ta murojaat (29 ta ariza, 11 ta shikoyat) kelib tushgan bo‘lib, shulardan 17 tasi qanoatlantirilgan, 22 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Sho‘ba tomonidan jami 44 ta taqdimnoma, 1 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan. Natijada 22 ta shaxs intizomiy javobgarlikka, 1 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Bo‘lim tomonidan 6 marotaba tuman (shahar) lar miqyosida nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillarini sayyor qabuli tashkil etilgan. Sayyor qabullarda ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, tashkilotlarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilgan.
Sho‘ba tomonidan ushbu davr mobaynida jami 58 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 3 marotaba televideniyeda, 8 marotaba radioda,
8 marotaba gazetada, 15 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 9 marotaba ma’ruza, 7 marotaba davra suhbati hamda 8 marotaba seminarlar tashkil etilgan.
Nodavlat notijorat
tashkilotlari sho‘basi