Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
07.10.2024

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2024-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

QARSHI SHAHAR ADLIYA: 2024-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 403 ta murojaatlarning 386 tasi hal etilib, shundan 261 tasi yoki 67.6 foizi  qanoatlantirilgan, 125 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, qoldiqda 17 ta murojaatlar qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2024-yil 3-chorak davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahardagi 64 ta MFYlardan 64 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 6 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2024-yil 3-chorak davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 2 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida jami 13 ta o‘rganish va 50 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 107 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2914 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 113 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 51 ta taqdimnoma va 13 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 49 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Natijada 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 12 987 614,4 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 13 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 49 ta 2 556 062 410  so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan 2 527 058 221 ming so’mlik  49 ta davo qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha:
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 3-chorak davomida jami 2129 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 152 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 719 ta ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar, 978 tasi og‘zaki, 280 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 978 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Рўйҳатга қайтиш