Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil
3-chorak davomida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.
Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 3-chorak mobaynida Shahrisabz shahar hokimi va Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 3 ta normativ tusdagi qarorlari loyihalariga:
1. Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining “2024-yilda Shahrisabz shahar uchun yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning yer solig‘ining aniq miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va ijobiy xulosalar berildi.
2. Shahrisabz shahar hokimining “Shahrisabz shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish yuzasidan shahardagi umumta’lim muassasalarining mikrohududlarini belgilash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va ijobiy xulosalar berildi.
3. Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining “Shahrisabz shahar maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarining yakuniy natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va ijobiy xulosalar berildi.
Yuqoridagilar bilan bir vaqtda bo‘lim tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti hamda inson huquqlari va boshqa sohalar bo‘yicha 13 marta o‘rganishlar, 19 marta tahlil va monitoringlar o‘tkazilib, 893 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 50 ta taqdimnomalar kiritilgan hamda ushbu taqdimnomalarga asosan 11 mlr. 135 mln. 604 ming so‘m miqdoridagi ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilishi ta’minlangan.
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 9 oyi mobaynida 13 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.
1. Bo‘lim tomonidan Shahrisabz shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil
22-anvardagi 18-um-son buyrug‘iga asosan davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi, inson huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishi, ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi, vazirlikning tarkibiy tuzilmalari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va qurilish-montaj ishlari tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ahvolini bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, 23 ta qonunbuzilishlar aniqlanib, qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ta’sir choralari (taqdimnoma) kiritilishi, 1 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
2. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 6-fevraldagi 36-um-son buyrug‘iga asosan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq qonun hujjatlariga rioya e’tilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim tashkilotlari hamda pensiya organlarida amalga oshirilishi ahvoli o‘rganildi.
3. Bo‘lim tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 30-yanvardagi 26-um-son buyrugʻiga asosan Shahrisabz shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi va Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz shahar filialida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda huquqni qoʻllash amaliyotini ahvoli o‘rganish ijrosi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ta’sir choralari (taqdimnoma) kiritilishi ta’minlandi.
4. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2023-yil 7-martdagi 56-um-son buyrug‘iga asosan tibbiyot birlashmasi, maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limida va mahalliy davlat xokimiyatida xodimlarning mehnat ta’tillaridan foydalanishi bilan bog‘liq huquqlariga rioya etilishi va sohadagi mavjud muammolar ahvoli o‘rganildi.
5. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 20-maydagi 119-um-son buyrug‘iga asosan mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatida qonunchilik hujjatlariva topshiriqlarning bajarilishi, huquqni qo‘llash amaliyoti shu jumladan, inson huquqlari sohasida, tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati, yuridik xizmat faoliyati hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilish ahvoli o‘rganildi.
6. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 25-iyuldagi 181-um-son buyrug‘iga asosan Shahrisabz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limii faoliyatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi, huquqni qo‘llash amaliyoti shu jumladan, inson huquqlari sohasida, tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati, yuridik xizmat faoliyati hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilish ahvoli o‘rganildi.
7. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 31-iyuldagi 245-um-son buyrug‘iga asosan Shahrisabz shahar xotin-qizlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limii hamda Tibbiyot birlashmasi faoliyatida xotin-qizlarga oid qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi, huquqni qo‘llash amaliyoti shu jumladan, inson huquqlari sohasida, tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati, yuridik xizmat faoliyati hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilish ahvoli o‘rganildi.
8. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 6-avgustdagi 189-um-son buyrug‘iga asosan “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taminoti Shahrisabz shahar filiali faoliyatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi, huquqni qo‘llash amaliyoti shu jumladan, inson huquqlari sohasida, tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati, yuridik xizmat faoliyati hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilish ahvoli o‘rganildi.
9. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 9-sentabrdagi 216-um-son buyrug‘iga asosan Shahrisabz shahar Madaniyat bo‘limi faoliyatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi, huquqni qo‘llash amaliyoti shu jumladan, inson huquqlari sohasida, tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati, yuridik xizmat faoliyati hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilish ahvoli o‘rganildi.
10. Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 21-sentabrdagi 233-um-son buyrug‘iga asosan Shahrisabz shahar Madaniyat bo‘limi faoliyatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi, huquqni qo‘llash amaliyoti shu jumladan, inson huquqlari sohasida, tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi faoliyati, yuridik xizmat faoliyati hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirilish ahvoli o‘rganildi.
Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida joriy yilning 9 oyi davomida jami 893 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi hamda ularga ko‘maklashuvchi shart sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan jami 70 ta
(da’vo arizalar, taqdimnoma, ma’muriy taklif va bayonnomalar hamda ogohnomalar) kabi tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, adliya bo‘limiga 2024-yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 395 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 154 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 107 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 118 ta murojaatlar hisobot davrida qoldiqda qolgan va 8 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 10 ta
496 mln. 981 ming 100 so‘mlik shundan javobgar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga nisbatan 6 nafar fuqarolarning ish haqlariga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish yuzasidan, 4 nafar fuqarolarning yashaganlik to‘g‘risidagi faktlarni belgilash yuzasidan da’vo arizalar kiritilib, 8 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy qaror qabul qilish uchun tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Budan tashqari, joriy yil 3-chorak davomida bo‘lim tomonidan 1 ta qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik xususida ogohnomalar berilgan bo‘lsa,
qonunbuzilishlarni oldini olish va bartaraf etish hamda ish haqiga tenglashtirilgan ustamalar va boshqa to‘lovlarni to‘lab berish yuzasidan 50 ta taqdimnomalar kiritilib, 1 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalasi hal etilgan.
Bo‘limning vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida bo‘lim tomonidan
jami 699 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan
219 tasi OAV orqali, 451 tasi og‘zaki, 149 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali,
429 tasi manzilli ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 345 marotaba, ta’lim muassasalarida 41 marotaba, mehnat jamoalarida 57 marotaba va boshqa joylarda 36 marotaba o‘tkazilgan.
Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga oid, korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.